Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qochqinlar Suriyaga ixtiyoriy tarzda va xavfsizlik sharoitlarida qaytishlari lozim – BMT
BMT suriyalik qochqinlarning vatanlariga ixtiyoriy ravishda xavfsizlik sharoitlarida qaytishlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda BMTdagi brifingda xalqaro tashkilot bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik “BMT Rossiya va AQSh suriyalik qochqinlarni vatanlariga qaytishi muammosini muhokama qilishida qanday rol o‘nashi mumkinligi” haqidagi savolga javoban ma'lum qildi.
“Muzokaralar borasida hech narsa ayta olmayman. Biroq BMT qochqinlar uylariga ixtiyoriy ravishda, obro‘lari saqlangan holda va xavfsizlik sharoitlarida qaytishlari lozimligini qo‘llab-quvvatlaydi. Hech kimni qaytishga majburlash kerak emas”, deb aytgan Dyujarrik.
Suriyalik qochqinlar muammosi Rossiya va AQSh prezidentlarining Xelsinkidagi uchrashuvida muhokama qilingan. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo BMTda jurnalistlar bilan uchrashuvda ma'lum qilgandi. Uning aytishicha, gap qochqinlarning uylariga qayta olishlari uchun sharoitlar yaratish haqida borgan.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026