Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya prezidenti maslahatchisi Veniamin Yakovlev vafot etdi
Foto: ipc.arbitr.ru
Rossiya Federatsiyasi prezidentining maslahatchisi Veniamin Yakovlev seshanba kuni uzoq kasallikdan so‘ng 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda Rossiya Yuristlar assotsiatsiyasining matbuot uchun xabarnomasida ma'lum qilindi.
"24 iyul kuni, uzoq kasallikdan so‘ng Rossiya Yuristlar assotsiatsiyasining hamraisi, Rossiya Federatsiyasi prezidentining maslahatchisi, yuridik fanlar doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir a'zosi, xizmat ko‘rsatgan yurist Veniamin Yakovlev hayotdan ko‘z yumdi", - deya xabar berishgan assotsiatsiyadan.
Veniamin Yakovlev 1989 yilning iyulidan 1990 yilning dekabriga qadar SSSR adliya vazirlaridan eng so‘nggisi bo‘lgan. 1990 yilning dekabridan 1991 yilning noyabriga qadar SSSR Oliy Arbitraj sudi raisi lavozimini egallagan. 1992 yilda RF Oliy Arbitraj sudi raisiga aylanib, uni 13 yil davomida boshqardi. Shundan so‘ng RF prezidenti maslahatchisi lavozimini egalladi.
Mavzuga oid
09:21
Zelenskiy: Energetikaga zarba bermaslik bo‘yicha “energetik sulh” ishga tushdi
08:32
YeI Rossiyadan neft tashish uchun zarur bo‘lgan qator xizmatlarni taqiqlash niyatida
16:13 / 30.01.2026
Rossiya va Ukraina 2026 yilda ilk bor halok bo‘lganlar jasadlarini almashdi
14:18 / 30.01.2026