Rossiyalik milliarder josuslikda ayblanayotgan Butinaning harakatini ikki yil moliyalashtirgan
Rossiyalik milliarder Konstantin Nikolayev AQShda ro‘yxatdan o‘tmagan xorijiy agent sifatidagi harakatlarda ayblangan rossiyalik Mariya Butinaga moliyaviy yordam ko‘rsatgan, deb yozmoqda Financial Times gazetasi.
Ta'kidlanishicha, pullar Butina rahbarlik qilgan tashkilotga yo‘naltirilgan. Gap qurol olib yurishga bo‘lgan huquqni himoya qiluvchi harakat haqida ketmoqda.
Nikolayevning matbuot kotibi Butinaga moddiy yordam ko‘rsatilganini tasdiqladi.
«Nikolayev Butina va uning tashkiloti bilan 2014 yildan beri aloqada bo‘lmagan. U 2012-2014 yillarda uning Rossiyada jamoatchilikning alohida ichki muammolardan xabardorlik darajasini oshirish bo‘yicha sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkilotni moliyalashtirgan. Uning manfaati va qo‘llab-quvvatlovi faqat shu sa'y-harakatlar bilan cheklangandi, o‘shandan beri ularga hech qanday yordam taqdim etilmagan», - deya aytib o‘tdi Nikolayevning matbuot kotibi.
FT’ning yozishicha, Nikolayevda Amerika energetikasi va Rossiyadagi strategik muhim transport infratuzilmasi sohasida manfaatlar bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda josuslikda ayblanayotgan Butina rossiyalik milliarderdan yordam olgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:52
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32
AQShda juftlik to‘yi uchun to‘plagan pullarni uysiz itning operatsiyasiga sarfladi
11:54