Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar IIBB Afg‘onistonning ikki fuqarosi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi
Foto: NATO
Internetdagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri O‘zbekistonga ish bo‘yicha kelgan ikki nafar Afg‘oniston fuqarosi hamda ularni taklif etgan ikki nafar yurtdoshimizga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 225-moddasiga asosan qo‘llanilgan choraga e'tiroz bildirib, post qoldirgan, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, mamlakatga kelgan xorijliklar 3 ish kuni ichida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Ularning yurtimizda bo‘lish qoidalariga amal qilishi yuzasidan javobgarlik mehmonlarni taklif etgan jismoniy yoki yuridik shaxslarga yuklatiladi. Ya'ni taklif etuvchi tomon ularning o‘z vaqtida migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qilishini va mavjud tartib-qoidaga amal qilishini nazorat qilib turishi lozim.
Qayd etilishicha, milliy qonunchilikda xorijliklarga yashash joyi, transport vositasini berish yoki ularga boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun ham tegishli javobgarliklar belgilangan.
Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi shu munosabat bilan afg‘onistonlik Muhammad Umar bilan bog‘landi.
- Men va yurtdoshimning Mirobod tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlariga nisbatan hech qanday e'tirozimiz yo‘qligini ma'lum qilamiz. Afsuski, mahalliy qonun-qoidalarni bilmasligimiz tufayli, shunday holat yuzaga keldi. Lekin keyingi safar endi ro‘yxatdan vaqtida o‘tish kerakligini bilib oldik. Biz mamlakatingiz qonunlarini hurmat qilamiz, zero bu yerda biznes ishi bilan tez-tez bo‘lib turamiz, - deydi Umar.
Mavzuga oid
21:04 / 09.04.2026
Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan 190 kilogrammdan ortiq narkotik modda to‘xtatib qolindi
12:44 / 09.04.2026
Toshkentda avtobusga chiqib yo‘l haqini to‘lamagan 32 ming kishi jarimaga tortildi
09:01 / 09.04.2026
Poytaxtdagi uch bozorning ayrim bloklari vaqtincha yopildi
20:38 / 07.04.2026