Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyalik ekspert: yaqin 10 yil ichida Toshkentda 500 mingga yaqin yangi uy-joy va ijtimoiy obektlar qurish rejalashtirilgan
Mazkur qurilish O‘zbekiston iqtisodiyoti va sanoatining rivojlanishiga turtki beradi.
Turkiya Qurilish pudratchilari konfederatsiyasi (İMKON) Toshkentda zamonaviy turar-joy majmuasi qurishni taklif qildi. Bunday majmualarni O‘zbekiston poytaxtining 11 tumanida qurish rejalashtirilgan.
Bu haqda İMKON rahbari Tohir Tellio‘g‘li va konfederatsiya bosh kotibi Aladin Chaqir xabar berdi.
Ularga ko‘ra, İMKON tashqi bozorlarga kirish uchun barcha narsani qilishda davom etmoqda.
«Toshkentdagi uylarning deyarli yarmi 70 yil avval qurilgan, shahar rekonstruksiyaga muhtoj. Keyingi 10 yil ichida Toshkentda 500 mingga yaqin yangi uy-joy va ijtimoiy obektlar qurish rejalashtirilgan. Mazkur qurilish O‘zbekiston iqtisodiyoti va sanoatining rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Turk quruvchilari bu vazifani bajarish uchun zarur tajriba va imkoniyatlarga ega», - dedi IMKON vakillari.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
18:17 / 15.06.2026