Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyadagi yong‘in qurbonlari soni 80 nafarga yaqinlashdi, 100dan ortiq kishi bedarak ketdi
Gretsiyada davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 79 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sputnik Gretsiya xabar tarqatdi.
Shuningdek, 187 kishi yong‘indan jabrlangan, 100dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan.
Gretsiya poytaxti Afinaning chekka hududlaridagi yong‘inlarga qarshi kurashishga yuzlab o‘t o‘chiruvchilar jalb qilingan.
Mamlakatda bir kun ichida bir vaqtning o‘zida 15 ta yong‘in o‘chog‘i hosil bo‘lgandan so‘ng favqulodda vaziyat tartibi e'lon qilingan. Mamlakat bosh vaziri Aleksis Tsipras qurbonlar xotirasiga 3 kun motam tutilishini ma'lum qilgan.
Hukumat yong‘inlar ataylab uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Gretsiyalik qutqaruvchilar amerikalik harbiylardan Gretsiya havo hududidagi istalgan shubhali harakatlar ortidan kuzatishni iltimos qilishgan. Yong‘inlarni o‘chirishda 600 dan ko‘proq o‘t o‘chiruvchi va 300 ta texnika ishtirok etmoqda.