16 iyun kuni keçqurun Farğona viloyatining Yozyovon tumani Soy böyi mahallasida yirik yonğin sodir böldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda çoyxona yonib ketgani aytiladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga köra, noturar qarovsiz binoning 60 kvadrat metr maydoni va 3 ta avtomobil – Labo, Hyundai va Mercedes-Benz yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida ikki kişi halok böldi, uç kişi esa turli darajadagi tan jarohatlari oldi.
Hozirda yonğin sabablari aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi hamda tuman xizmatlari rahbariyati yetib borgan.







