Light | 19:43 / 25.07.2018
11327
17 daqiqa o‘qiladi

Xitoy internet gigantlari - Tencent va Alibaba'ning farqi nimada? 

Bir qarashda Xitoyning yirik konglomeratlari Alibaba va Tencent juda o‘xshash. Har ikkisining bozor kapitalizatsiyasi 500 mlrd. atrofida. Alibaba ham, Tencent ham xitoylik kompaniyalarga ham, xorij firmalariga ham faol ravishda sarmoya kiritishyapti. Va nihoyat, har ikkala kompaniya ham g‘aroyib qamrovga ega: turli marketpleyslarda Alibaba’ning 552 milliondan ortiq faol foydalanuvchilari bor, Tencent’ning WeChat messenjeri esa yaqinda milliard akkaunt chegarasidan o‘tdi.

Djyek Ma va Ma Xuateng

Shunga qaramay, Tencent va Alibaba umuman turlicha. 1990-yillar oxirida Xitoyda internet paydo bo‘lish arafasida ular uzoq vaqt davomida bir-biridan o‘zib ketisholmadi. Bugun Xitoy bozorining og‘ir vaznli o‘yinchilari orasida dunyoning eng tez rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotidagi yetakchilik uchun haqiqiy kurash ketmoqda.

Kurash nafaqat texnologik jabhada, balki so‘zda ham davom etyapti. Tencent rahbari Ma Xuateng va Alibaba direktorlar kengashi raisi Djyek Ma bir-birini “chaqib olish” imkoniyatini qo‘ldan boy berishmaydi. 2017 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan forumda Xuateng o‘zining uzoq yillik raqibini ziqna yer egasiga qiyoslagan, chunki Alibaba’ning asosiy marketpleysi Taobao mahsulotlarni joylashtirgani uchun sotuvchilardan to‘lov oladi.

Alibaba istalgan vaqtda to‘lovlarni oshirishi mumkinligini qayd etdi Tencent rahbari va uning kompaniyasi abonent to‘lovisiz xaridlarni yuritish imkonini beradigan markazlashmagan platformani taklif etishini ham qo‘shib qo‘ydi.

Bir necha oydan so‘ng Jyek Ma o‘z javobini bayon qildi. Tencent o‘z platformasidan pulni ustalik bilan siqadigan kompaniya mavqeiga ega. “Madaniyat jihatidan biz turlichamiz, - dedi Alibaba asoschisi, kompaniyamizning maqsadlari ancha yuqori: pul ishlash orqali ezgu xotira qoldirishni istaymiz. Alibaba o‘z mahsulotlariga qaraganda odamlarga ko‘proq ishonadi”.

Kompaniyalar kurashning og‘ir usullarini qo‘llashlari mumkin va qo‘llamoqdalar. Alibaba va Tencent bir-birining pulli xizmatlari rivojini hech uyalmasdan sekinlashtirmoqda. Mavjud ma'lumotlarga qaraganda, sarmoyaviy shartnomalarni imzolayotganda bank xodimlariga faqat ular bilan ishlash shartini qo‘yishmoqda. Ko‘plab kompaniyalar bunday cheklovlar belgilashiga qaramay, Tencent va Alibaba sarmoya kiritayotgan kompaniyasi faoliyatiga katta ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Shtab-kvartiradan tortib aktivlar sotib olishgacha

AlibabaGroup tarixi 1999 yilda Jyek Ma va uning 17 nafar do‘stlari turar-joy kompleksida o‘zlarining ilk mahsulotlarini yaratishga kirishganlarida boshlangan. Bugun xolding uyni o‘tmishdagi holatida saqlamoqda. Biroq bundan ko‘zlangan maqsad uni muzeyga aylantirish emas. Buning o‘rniga uyda biznes-inkubator joylashtirilgan bo‘lib, u yerda 40 nafarga yaqin muhandislar faoliyat yuritib, WeChat’ni raqobatga chaqirish uchun mo‘ljallangan DingTalk messenjerini ishlab chiqish bilan shug‘ullanishmoqda.

 «Xupan» turar joy binosi

Dastlab DingTalk va WeChat o‘rtasida tafovut mavjud emasdek tuyuladi: matnli xabarlar, qo‘ng‘iroqlar, aloqalar bilan almashinish. Biroq DingTalkningo‘ziga xosligi Alibaba’ning tijoriy yo‘nalishini aks ettiradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi – “hamma yerda biznes yuritishni osonlashtirish”. Shuning uchun messenjer muayyan maqsad – kichik biznesga WeChat funksionalligini berish, keyin unga mijozlar va bulutli yechimlar bilan ishlash uchun instrumentlarni bog‘lashdan iborat.

U qadar katta bo‘lmagan va o‘rta korxonalarga hamyonbop narsalarni berish kerak. Ularga yetmayotgan instrumentlar Alibaba’da mavjud.

Kris Vang DingTalk
xalqaro rivojlanish bo‘linmasi rahbari

 

Alibaba yillar davomida tadbirkorlarni biznesda texnologiyalarni qo‘llashga o‘rgatib kelgan va hozirda dasturiy ta'minotning bevosita xaridlariga e'tibor qaratmoqda. Mablag‘ining katta qismini bulutli servislarning rivoji uchun sarflab, Alibaba bozordagi asosiy o‘yinchiga aylandi va so‘nggi yilda bu yo‘nalishning o‘zidan 2,1 mlrd. dollar ishladi. Ikki yil avval kompaniya raqamli hududga hatto oilaviy qahvaxonalarni ham kiritishga umid bog‘lab, “yangi riteyl” siyosatini yo‘lga qo‘ydi.

Xanchjouda kichik do‘konni otasi bilan boshqaradigan Xun An Alibaba dasturining ishtirokchisi sifatida nimalarni o‘rganganini faxr bilan namoyish etmoqda. Unda omborxona hisobi va kameralardan olingan ma'lumotlarni univermagning “qaynoq” zonalari xaritalariga aylantiradigan algoritmlar mavjud.

Xun An

Anning oilaviy faoliyati — onlayndan oflaynga o‘tish strategiyasining kichik bir qismi. AlibabaSuning elektronika do‘konlari tarmog‘i va Sun Art oziq-ovqat supermarketlari ulushlarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, konglomerat Hemanomi ostidagi gastronomlar tarmog‘ini ochdi. Bundan tashqari, Alibaba bozor yetakchisi Ele.me yetkazib berish servisini xarid qildi.

Ularning bari bosh kompaniyaning bulutli yechimlaridan foydalanadi, buning uchun Alipay to‘lov tizimi mijozlar bazasini kengaytiradi. Alibaba Group bosh direktori Deniel Chjan shunday deydi: “Diqqatimizni doimo savdoga qaratamiz”.

Savdo xoldingning turli qismlarini bir-biriga yopishtiradigan o‘ziga xos yelim vazifasini bajaradi. AlipayTaobao’dagi sotuvchi va xaridor o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradi. Endilikda to‘lov tizimi, Ant Financial’ning bir qismi Alibaba Group moliyaviy platformasidir.

Bir necha osmono‘par binolarni egallagan Tencent shtab-kvartirasi Shenchjenda joylashgan. 1980 yillarda Xitoyning dastlabki o‘ziga xos iqtisodiy zonalaridan biri maqomiga ega bo‘lgach, shaharda tez orada zavodlar ko‘paydi va muhim sanoat markaziga aylandi.

Tencent bozorga 1998 yilda chiqdi, uning ilk mahsuloti ICQ servisidan ko‘chirilgan xabarlar bilan almashish servisi QQ bo‘ldi. Biroq u o‘zlashtirilgan ishlanmalarni keskin rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldi. QQ mobil o‘yinlar, qo‘ng‘iroqlar va platformaning o‘ziga o‘rnatilgan boshqa internet-servislarni taklif etdi. Kompaniya virtual tovarlarni sotish orqali foyda ko‘rdi.

Smartfonlar davri kelishi bilan Tencent o‘z-o‘zi bilan raqobat qila boshladi – bir necha ichki bo‘linmalar o‘rtasidagi poyga WeChat’ning dunyoga kelishiga sabab bo‘ldi (QQ’ni ishlab chiqish uchun mas'ul bo‘lgan guruh mag‘lub bo‘ldi).

Xorijliklar uchun WeChat’ning barcha yerda mavjud bo‘lgan qudratini tasavvur etish mushkul. QR-kodlarni ma'lumotlar bilan almashish uchun zamonaviy instrumentga aylantirib, messenjer Xitoy raqamli iqtisodiyotida mustahkam o‘rin egalladi. Milliardlab akkauntlar bunga isbot bo‘ladi.

Bundan tashqari, Tencent ham, Alibaba ham texnologiyalar va madaniyatni aql bilan birlashtiradi. Sotsiolog Trishii Vongning fikriga ko‘ra, kompaniyalar muvaffaqiyatida o‘ziga xos “madaniy emlashlar”ning ahamiyati katta. Masalan, 2014 yilda WeChat foydalanuvchilarga virtual “qizil konvert” taklif qildi.

Xitoyda odatda bunday konvertlarda an'anaviy tarzda pul ko‘rinishidagi yangi yil sovg‘alari taqdim etiladi. Funktsiya juda ommalashdi va o‘tgan yilning oxirida 800 million foydalanuvchi messenjer to‘lov tizimini o‘z bank raqamlariga uladilar. “Endi WeChat Pay hamma joyda ishlaydi – mashina to‘xtash joylari, bozor va ibodatxonalar, undan hatto ko‘chadagi daydilar ham foydalanmoqda”, - deya maqtandi Ma Xuateng.

Alibaba bir qadam ham orqada qolayotgani yo‘q va norasmiy “yolg‘iz odamlar kuni”ni 24 soatlik aqlbovar qilmas savdoga aylantirdi.

2017 yilda sutkalik savdo hajmi 25,3 milliard dollarga yetdi. Bu esa amerikaliklarning besh kun davomida “Minnatdorchilik kuni” bayrami uchun sarflagan ko‘rsatkichdan 6 millard dollarga ko‘proq.

Tencent ham chakana savdolar bozoriga katta umid qilgani bejiz emas. Kompaniya tashabbusi “aqlli riteyl” nomini oldi. WeChat servisidagina mavjud bo‘lgan ikkita funksiya unga asos bo‘lib xizmat qiladi. Birinchisi – rasmiy akkaunt, brendlarga xaridorlarni messenjer orqali topishga yordam beradigan o‘ziga xos chizma.

Ikkinchisi – foydalanuvchilardan qo‘shimcha harakatlarni talab qilmaydigan va ishlab chiqish narxini sezilarli darajada pasaytiradigan platforma ichidagi mini-ilovalar. Ularning ko‘pchiligi bepul, bu esa to‘lovlarni monetizatsiya qilishning asosiy usuliga aylantiradi.

WeChat’dagi mazkur o‘ziga xoslik Xitoydagi chakana savdoni bir zumda egallab olish imkonini berdi. Statistikaga ko‘ra, bir yil davomida chakana savdo ko‘rsatkichi 10,2 foizga oshdi (AQShda esa o‘sish 4,2 foizni tashkil etgan). Bu davr mobaynida messenjerdagi ilovalar soni App Store’dagi dastlabki besh yilgi natijaga qaraganda ko‘proq miqdorga ortdi.

Bosh raqib kabi Tencent ham chakana do‘kon va xizmat yetkazib beruvchilarga ko‘p sarmoya kiritadi. Alibaba’ning internet-savdo sohasidagi eng kuchli, asosiy raqibi JD.com va ovqat yetkazib berish xizmatida Ele.me’ning Meituan Dianping kompaniya qanoti ostida joylashgan. Bunda Tencent o‘zining riteylga bo‘lgan qiziqishini Alibaba’ga nisbatan hujum sifatida emas, biznesning mantiqiy kengayishi sifatida izohlamoqda.

Xitoy YaIMning deyarli 45 foizi chakana savdoga to‘g‘ri keladi. Biz bu natijaga to‘rt yilda erishishga muvaffaq bo‘ldik, Alipay’ga buning uchun 10 yil kerak bo‘ldi. Haqiqiy raqobat yuzaga keldi.

Devis Lin
Tencent’ni strategik rivojlantirish bo‘limi rahbari

Kompaniyalar ancha vaqtdan beri bozorning bo‘lagini bir-biridan olib qo‘yishga harakat qilishmoqda. Xususan, Alibaba o‘yinli bo‘linma va ijtimoiy tarmoqni ishga tushirdi, biroq ishlanmalar muvaffaqiyatga erishmadi. Tencent internet orqali savdo uchun Paipai platformasini yaratdi, biroq tez orada uni JD.com’ga sotib yubordi.

WeChat’ning tez sur'atdagi o‘sishi messenjerni ommaviy hodisaga aylantirdi va 2013 yilda Jyek Ma o‘z xodimlarini ochiqchasiga “pingvinlarni majag‘lash” uchun birlashishga chaqirdi. Pingvin – Tencent ramzi.

Maning WeChat borasidagi qo‘rquvlari bejiz emasdi – “qizil konvertlar” chiqarilganidan keyin kutilmaganda Alipay’da munosib raqib paydo bo‘ldi. Statistikadan bari ma'lum: 2014 yilda Alipay to‘lovlarning 81 foizini qayta ishladi, bozorning o‘n olti martalik o‘sishiga qaramay, hozirda 54 foiz uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Tranzaksiyalarning 38 foizi WeChat Pay orqali o‘tadi.

WeChat va Alipay’ningmobil to‘lovlardagi ulushi

Bugun kompaniyalar bozorning turli segmentlarida raqobatlashishmoqda: to‘lov tizimlari va bulutli hisob-kitoblardan tortib, sun'iy ong va sog‘liqni saqlashgacha. “Vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zimga savol beraman: “Alibaba ham shu yerdami? Ba'zida bu odamning asabiga tegadi”, - deya tan oladi MaXuateng.

Agar Tencent rahbariyati biroz jig‘ibiyron bo‘lgan bo‘lsa, Alibaba rahbarlari juda qizishib ketishdi. Xolding vitse-prezidenti Jozef TsayTencent’ni tamaki kompaniyasi bilan taqqosladi: uning fikriga ko‘ra, Tencent yaratgan o‘yinlar tobelikni yuzaga keltiradi va bolalar salomatligiga yomon ta'sir qiladi.

Uning o‘g‘li Tsay 40 foiz ulushi Tencent’ga tegishli bo‘lgan Amerikaning Epic Games tomonidan chiqarilgan Fortnite’ga juda qiziqadi. Shuning uchun raqibning chakana savdo tomonga qarab burilishi bexosdan emas deya shubhalanadi: “Ular kutilmaganda o‘z ishi bilan shug‘ullanmaganini tushunishdi”.

Har ikkala kompaniya ham o‘z platformalarini himoya qilishga tayyor. Foydalanuvchilarni nazoratdan chiqarmaslikka intilish yo‘lida ulardan har biri ijara uchun velosipedlar va birgalikdagi sayohatlar uchun zamonaviy ilovalarga sarmoya kiritishdi. Tencent va Alibaba go‘yo ikkita yopiq tizim yaratishdi – WeChat’dan Taobao’ga o‘tish oson emas. Kremniy vodiysidagi kompaniyalar bir-biri bilan yaqinroq hamkorlik qilishadi.

Juda kam uchraydigan holatlarda konglomeratlar o‘zaro faoliyat yuritishadi. 2013 yilda ular birgalikda ZhongAn onlayn sug‘urta maydonchasini ishga tushirishdi. Raqobat kompaniya xodimlariga bir-birlarining servisidan foydalanishga xalaqit qilmaydi. Fortune manbasi ma'lumotlariga qaraganda, Tencent’ning ko‘plab xodimlari Taobao’dan foydalanadi. Alibaba Group bosh direktorining tan olishicha, uning WeChat’da akkaunti bor.

Biroq ikki ulkan kompaniyaning o‘zaro to‘qnashuvi ularning investitsion strategiyalarida ko‘proq sezilmoqda. Gonkongdagi Bernstein firmasi tahlilchisi Bxavtosh Vadjpaining quyidagicha hisob-kitob qildi: so‘nggi uch yilda Alibaba174 ta, Tencent esa 280 ta kelishuvni imzoladi. Kompaniyalarni “xaridga o‘ch” deb nomlab, Vadjpai ular o‘z harakatlarini nazorat qilisharmikin, degan savol bergan. Axir investitsiyalar soni hisobga olinadigan bo‘lsa, ular qayerdadir adashib ketishi mumkin.

Kompaniyalar aktivlarni qo‘lga kiritish masalasiga turlicha yondashishmoqda. Odatda Alibaba o‘zi istagan korxonada katta va nazorat paketini darhol sotib oladi va rahbar lavozimlariga o‘z odamlarini qo‘yadi.

Tencent esa aksincha, u qadar katta bo‘lmagan ulushlarni qo‘lga kiritadi, ularni to‘plab, mo‘'tadil o‘yin olib boradi. Nazorat paketi konglomerat tomonidan qo‘lga kiritilganida sobiq rahbariyat o‘z o‘rnida qoladi. Riot Games va uning League of Legends kompaniyasi bilan aynan shunday bo‘lgan.

Alibaba va Tencent tomonidan qo‘lga kiritilganlar to‘g‘risida ma'lumot

Shunga qaramay, bir narsani yodda tutish kerak: mahsulotlardan nusxa olish kompaniya ruhiyatiga singib ketgan. “Ko‘pincha sarmoyador bo‘la turib, Tencent raqibga aylanadi”, - deydi Smule karaoke-ilovasi yaratuvchilaridan biri Jyeff Smit. Xitoy xoldingi bilan hamkorlik qilish orqali uning kontentni taqsimlash tizimiga kirish imkonini qo‘lga kiritdi. Tencent esa o‘z navbatida Smule’dagi ishlanmalar va odamlarni diqqat bilan kuzatyapti.

Sarmoyalar bilan ishlash kompaniyalarning xalqaro ko‘rinishini shakllantiradi. Tencent va Alibaba bir-biri bilan yana to‘qnashmoqda – ularning har ikkisi Janubiy-sharqiy Osiyoda ishlashni maqsad qilgan. Hozirning o‘zidayoq Tencent Singapurning SEA internet-kompaniyasining 34 foiziga egalik qiladi. Ma'lumotlarga qaraganda, boshqa yirik sarmoyalarga tayyorlanmoqda. Alibaba o‘z maqsadlariga sodiq qolgan holda ikki milliard foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatish istagida. Buning uchun janubi-sharqqa qarab kengayish ilk qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Bu mintaqaning iqtisodiyoti Xitoynikiga juda o‘xshash. U yerda an'anaviy sanoat mavjud emas, deya fikr yuritadi Jozef Tsay, - yosh aholi, mobil telefonlar kirib borishining yuqori darajasi va chakana savdo sektorining kuchsiz rivojlanganiga ishora etgan holda. Kim biladi, balki poyga endi boshlanayotgandir.

 

Mavzuga oid