Qwen 2.5-Max dasturi Mixture-of-Expers arxitekturasiga asoslangan bölib, 20 trilliondan ortiq tokenlar asosida dastlabki tayyorgarlikdan ötgan. Dastur odamlarning fikrlari asosida yanada takomillaştiriladi. Foydalanuvçilar uşbu model bilan Qwen Chat deb nomlangan chat-bot orqali muloqot qilişi mumkin.
Alibaba vakillarining aytişiça, Qwen 2.5-Max deyarli barça samaradorlik körsatkiçlari böyiça AQŞning OpenAI va Meta kompaniyalarining GPT-4o hamda Llama-3.1-405B modellaridan ustun turadi. Bundan taşqari, u dekabr oyida taqdim etilgan Xitoyning DeepSeek-V3 versiyasidan ham afzalroq ekani ta’kidlanmoqda.
Alibaba öz mahsulotini Xitoy Yangi yilining birinçi kunida, ya’ni Xitoy aholisining aksariyati dam olayotgan paytda e’lon qildi. Bu esa yaqinda işga tuşirilgan DeepSeek startapining keskin muvaffaqiyati nafaqat çet ellik, balki mahalliy raqobatçilarga ham kuçli ta’sir körsatganidan dalolat beradi, deb ta’kidlamoqda OAV.
DeepSeek 2023 yildan beri sun’iy intellekt modellarini işlab çiqaradi, biroq u ChatGPT bilan raqobatlaşa oladigan bepul chat-botni işga tuşirgandan keyingina investorlarning e’tiborini jalb qildi. Işlab çiquvçilarning ta’kidlaşiça, ilova 27 yanvar kuni dunyo miqyosida eng köp yuklab olingan ilovalar röyxatida birinçi örinni egalladi. Kompaniya köplab nosozliklar bilan kuraşib, ilovaning işlaşini ta’minlab turdi.
Xitoyning bepul ilovasi paydo bölişi bilan texnologiya kompaniyalari aksiyalarining qiymati pasaydi. Xususan, Nvidia (protsessorlar işlab çiqaradi) asosçisi Jyensen Xuang eng köp mablağ yöqotdi — uning kapitali 20,1 milliard dollarga kamaydi.
Oracle (dasturiy ta’minot işlab çiqaradi) kompaniyasining hammuassisi Larri Ellison bir keça-kunduz içida 22,6 milliard dollar miqdorida boyligini yöqotdi. Dell (kompyuter texnikasini işlab çiqaradi) kompaniyasining asosçisi Maykl Dell 13 milliard dollar, Binance kriptobirjasi asosçisi Çanpen Çjao esa 12,1 milliard dollardan ayrildi.

















