Taksiçilar va propiska maşmaşasi: vazirning izohi hukumat qaroriga mos kelmayapti. Videosi tarqalib ketgan Buxoro va Samarqanddagi amaldorlar: ularning dağdağasi qonunlarga zid. Rossiyada migrantlar yana tahqirlandi: Özbekiston bu safar nota yubordi. Yirik kompaniyalarga nisbatan da’volar: Beeline, Yandex va Humans ustidan şikoyat qilişdi. Ortda qolayotgan hafta voqealari – Kun.uz dayjestida.

Hamma öz viloyatida taksiçilik qilişi rad etildi

Özbekistonda avtomobillarning davlat raqamidagi hududiy kodlardan voz keçiş kerak. Bu kodlar xalqimizning birligi, jipsligi, yagona jamiyat sifatida şakllanişiga tösiq bölib, mahalliyçilik kayfiyatini parvarişlayapti. Şu hafta mediamakonda kötarilgan şov-şuv – bu kodlar propiska rejimining yangiça şakllarini joriy etişda qurol vazifasini bajarişi mumkin degan xavotirlarni ham örtaga çiqardi.

Avvaliga ijtimoiy tarmoqlarda “endi hamma özining viloyatida taksiçilik qiladi” degan video tarqaldi, keyin Transport vazirligi matbuot xizmati buni rad etmasdan, Vazirlar Mahkamasining 2 oy oldingi qarorini körsatdi. Jamoatçilik ne köz bilan körsinki, 2 aprelda imzolangan qarorda taksi litsenziyasini berişda avtomobilning davlat raqamidagi hududiy kodga qaralişi yozib qöyilgan ekan. Şundan keyin faollar “propiska rejimining rasman qaytgani” haqida bong ura boşladi. Köp ötmay, bu konstitutsiyaga zid tartib bekor qilinişi kerak degan pozitsiyani muxolifatdagi Xalq demokratik partiyasi ham qöllab çiqdi va savol-javob uçun transport vazirini parlamentga çaqirdi.

Şov-şuv kötarilganiga bir sutkadan köproq vaqt ötgaç, juma kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov jurnalistlar bilan uçraşdi va “qaror notöğri talqin qilingani”ni aytdi. Uning sözlariga köra, taksiçilarning litsenziya olayotgan paytda faoliyat körsatiş hududini erkin tanlaş huquqi bekor qilinmagan, faqatgina ana şu tanlangan hudud va unga tutaş hududdan taşqarida taksiçilik qilişi noqonuniy deb belgilangan xolos. Yuzaga kelgan tuşunmovçilik uçun mas’uliyat vazirlikning matbuot xizmatiga yuklandi. Yiğilişdan keyin e’lon qilingan bayonotda aytilişiça, qaror kuçga kirganidan beri 5 mingdan ortiq talabgorga avtomobil qayd etilgan hududdan boşqa hududlarda faoliyat körsatiş uçun litsenziya berilgan.

Şunday bölsa-da, vazir aytgan izohlar rasmiy hujjatga mos emas. Hukumat qarorida litsenziyaga talabgor şaxsning hududni ixtiyoriy tanlaş huquqi nazarda tutilmagan. Bundan taşqari, rezonansli talqinni rasman rad etiş bir sutkadan köproqqa çözilgani, şundan keyin ham oçiq matbuot anjumani emas, kamera va mikrofonlarsiz yopiq yiğiliş ötkazilgani – aytilgan izohga işonç uyğotadigan omillar emasdi.

Nima bölganda ham, bir narsa aniq: 2 apreldagi qaror bilan, haydovçilarning litsenziyada yozilganidan boşqa hududda taksiçilik qilişiga çeklov kuçaytirilgan. Aniqroği, avval ham mavjud bölgan talabga rioya etiş böyiça Yandex Go, Uklon, MyTaxi kabi agregatorlarga qat’iy majburiyat yuklatilgan. Ya’ni, bundan buyon masalan vodiyda Yandex-taksi qilib yurgan haydovçi faoliyatini Toşkentda davom ettirişni istasa, yangi litsenziya olişga majbur, aks holda agregator unga mijoz topib bermaydi.

Propiska mavzusi oçilganda aytiş kerakki, rasmiy doiralarda bu tartibni butkul bekor qilib yuborişga qarşi çiqayotganlarning vazni hamon oğirlik qilayotganga öxşaydi. Yodingizda bölsa, 2023 yilda Konstitutsiya yangilangaç, undagi qoidalarni amaliyotga kiritiş haqida farmon çiqqan, öşa farmonda Toşkent propiskasi haqidagi qonunni bekor qiliş közda tutilgan edi. Maş’um ötmişga ega bu qonunda Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiskaga qöyilişi mumkin bölgan fuqarolarning 12 ta toifasi sanab ötilgan. Topşiriq berilganiga 2 yildan oşdi, lekin qonun hamon öz kuçida qolyapti. Uni bekor qiliş masalasi ötgan yili yozda Qonunçilik palatasida birinçi öqişdan ötgan edi, şundan keyin qaytib bu masalaning daragi çiqmadi.

Yana qonun ustuvorligi haqida

Özbekiston özi bilan bir xil suveren reytingga ega davlatlardan qonun ustuvorligi borasida ortda qolyapti. Bu haqda juma kungi bayonotida Moody’s xalqaro reyting agentligi ma’lum qildi. Agentlik Özbekistonning suveren reytingini Ba3 darajasida tasdiqlab, prognozni “barqaror”dan “ijobiy”ga özgartirdi. Ba3 reytingi – “spekulyativ” toifada bölib, Özbekiston “investitsion” darajaga çiqiş uçun hali ikki poğona yuqoriga sakraşi kerak.

Moody’s hisobotida izohlanişiça, Özbekistonning joriy suveren reytingi – bir tomondan ijobiy makroiqtisodiy körsatkiçlar va qarz yukining nisbatan pastligi, ikkinçidan tomondan aholi daromadlarining kamligi va institutlarning zaifligini anglatadi. Institutsional asoslar biroz yaxşilangan bölsa-da, Özbekiston ovoz beriş, hisobdorlik, qonun ustuvorligi va korrupsiyani çeklaş kabi yönalişlarda xuddi şunday reytingga ega davlatlardan ortda qolişda davom etmoqda, deyiladi xalqaro agentlik şarhida.

Moody’s bayonotida urğu berilgan hisobdorlik va qonun ustuvorligi masalalarini jamoatçilik bu hafta Buxoro viloyati hokimi bilan boğliq keysda yodga oldi. Botir Zaripov Buxoro şahridagi 2-sonli boğçaga borganida, allaqanday obektni sudsiz buzib taşlaşni buyurgani köp muhokamalarga sabab böldi.

“Boğça hududiga kirganlarning hammasining huquqiy hujjatlarini kötarasan. Yöğini heç kimni eşitmasdan buzasan. Sud-pud demasdan, bugunning özida buzib taşlaysan. Narsasi, içidagi odami bilan kömib taşlaysan! Böldi endi, sud-pud deb, hammasini erkalatganimiz. Orqadan eşik oçganning hujjatini körasan”, – degan Botir Zaripov.

Hokimlik matbuot xizmatiga köra, tarmoqda tarqalgan videoda Botir Zaripov boğça hududiga olib boruvçi noqonuniy kirib-çiqiş yölagini nazarda tutgan. Bu yölakni boğçaga tutaş joydan özboşimçalik bilan egallangan yerda qurilgan kafening egasi oçgani, hokim esa bolalarning xavfsizligini öylab hissiyotga berilgani aytildi. “Viloyatda qonun ustuvorligi ta’minlanadi, bironta noqonuniy buziliş qilinmaydi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Qonun ustuvorligi masalasi Samarqandda ham aktual bölib turibdi. Kun.uz'ga kelib tuşgan videoda, özini Urgut tumani agroprom xodimi deb taniştirgan şaxs fermerlarning yerini xitoyliklarga berib yuboriş bilan ogohlantirgan.

“Mana, xitoyliklar kelib, yerlarni körişni boşladi. Ekişni xohlamagan, pillani, ğallani bajarmagan, soliq tölamaganlarning yerini berişni boşlaymiz. Mana, suvli maydonlarni olaman deyapti xitoyliklar. 2 ming gektar maydonni körsatib çiqyapmiz”, deydi u.

Qişloq xöjaligi vazirligi Urgutdagi bu holatni qoralab çiqdi. “Taşqi bosim orqali fermerlarni yerdan mahrum qilişga uriniş qonunçilikka mutlaqo zid”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Urgutdagi amaldor öz murojaatida pilla va ğalla rejasini bajarmaganlar haqida gapirgandi. Sovetlardan qolgan bunday “plan”lar korrupsiyaning uyasi ekani kuni keça Qaşqadaryoda yana bir bor öz isbotini topdi. DXX xabariga köra, Dehqonobod tumani hokimi örinbosari fermerdan 300 kg pilla topşiriş rejasini yopib beriş uçun 21 mln söm pora talab qilgan va kelişilgan puldan 7 mln sömini öz xizmat xonasida olgan vaqtda qölga tuşgan.

Migrantlarga zöravonlik böyiça rasmiy nota

Rossiyadagi özbeklarning navbatdagi marta tahqirlanişiga javoban, rasmiy Toşkent bu safar Moskvaga nota yubordi. 8 iyun kuni Rossiya kuçişlatar tuzilmalari Moskvada ötkazgan reydda migrantlarni haqoratlab, ularni urgan, tepgan, hatto elektroşoker bilan hujum qilgan. 3-4 iyun kunlari esa Peterburgda migratsiya markazi yonidagi köçalar tösib qöyilib, hujjatsiz migrantlar uçun “qafas” taşkil qilingan, natijada 200 ga yaqin mehnat muhojirlari köçada tunaşga majbur bölgan.

Moskvadagi holat böyiça Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Rossiyaga nota topşirdi. Notada inson huquqlari yaqqol buzilgani va bu qabul qilib bölmas holat ekani aytilgan, Rossiya tomonidan holatga izoh beriş va OMONçilarning harakatlariga huquqiy baho beriş söralgan. Rossiya Taşqi işlar vazirligi nota tegişli idoralar tomonidan örganilayotganini ma’lum qildi.

Nota yuborilgani haqidagi xabarning ertasiga Rossiya içki işlar vaziri Vladimir Kolokolsev videomurojaat bilan çiqib, heç qayerda rasman işlamaydigan va öqimaydigan muhojirlarni mamlakatdan yuborişga çaqirdi. Aksilmigratsion ritorikadan iborat çiqişida vazir qöl ostidagi xodimlarining migrantlarga noinsoniy munosabatda bölayotganiga töxtalgani yöq.

Inflatsiya – prognozdan yuqoriroq

Toşkentda yaşovçilarning sözlariga köra, oxirgi bir yilda pul 18,5 foizga qadrsizlanib ketgan. Şahar aholisining bu fikri Markaziy bankning har oylik sörovi asosida aniqlandi. Ma’lum bölişiça, may oyi yakunlariga köra aholi tomonidan sezilgan inflatsiya respublika böyiça 14,5 foizni, Toşkent şahrida 18,5 foizni taşkil etgan. Navoiyliklar esa narx-navo oşişini hammadan ham kamroq sezyapti: ularning fikriça, oxirgi 12 oyda pulning qadrsizlanişi darajasi 11,7 foiz bölgan.

Inflatsiya darajasi kutilganidan yuqoriroq bölayotganini payşanba kungi bayonotida Markaziy bankning özi ham tasdiqladi. “Umumiy inflatsiya prognoz qilingan trayektoriyadan yuqoriroq şakllanmoqda”, deyiladi bank boşqaruvi yiğilişidan keyin tarqatilgan press-relizda. Yiğilişda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldirişga qaror qilindi. Regulyatorning ogohlantirişiça, energiya narxlari oşirilişining ikkilamçi ta’sirlari inflyatsion bosimlarning uzoqroq davom etişiga işora beradi.

Rasmiy statistikaga köra, oxirgi bir yilda dori-darmonlar narxi boşqa tovarlarga qaraganda köproq oşgani bilan ajralib turadi. Kun.uz suhbatlaşgan mutaxassis Eldor A’zamovning aytişiça, dorilar narxining qimmatligi import monopoliyasi bilan ham boğliq bölişi mumkin.

“Bir qaraşda hammasi qonuniy, risoladagidek Özbekistonga import bölayotgandek tuyuladi. Lekin buni körib çiqiş kerak bölgan, monopoliya bölişi ehtimoli bölgan jihatlari bor. Distribyutor, importyor bir-biri bilan kelişadi va masalan undan boşqa heç kim bu dorini Özbekistonga olib kira olmaydi”, – deydi Eldor A’zamov.

Slovakiya – strategik şerik

Vengriya, Italiya, Fransiya va mana endi Slovakiya. Özbekistonning Yevropa Ittifoqidagi strategik şeriklari soni törttaga yetdi. Slovakiya boş vaziri Robert Fitsoning Toşkentga taşrifi vaqtida ikki davlat rahbarlari Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi qöşma deklaratsiyani imzoladi. Tomonlar bir qator yönalişlarda, xususan qurol-aslaha işlab çiqariş va tanklarni modernizatsiya qiliş borasida ham hamkorlikka kelişib oldi.

Fitsoning taşrifidan bir kun ötib, Bolgariya prezidenti Rumen Radev ham Toşkentga keldi va Özbekiston–Bolgariya hamkorligini kengaytiriş töğrisida qöşma deklaratsiya qabul qilindi. Şu kuni Slovakiya va Bolgariya yetakçilari, Markaziy Osiyo davlatlarining boş vazirlari, xalqaro taşkilotlar va xorijlik investorlar Toşkent xalqaro investitsiya forumida jam böldi.

“Butun komandamga topşiriq berganman, manfaat ikki tomonda ham bölişi kerak. Kelgan investorning manfaatini biz albatta kafolatlaymiz. Qonunlarimiz bor, qarorlarimiz bor, oxirgi yillarda qilgan hamma işlarimiz şundan yaqqol dalolat beradi. Şuning uçun, hurmatli investorlar, hurmatli aziz mehmonlarimiz, ikki tomonlama manfaatni kafolatlaymiz va albatta ta’minlaymiz”, – dedi prezident Şavkat Mirziyoyev forumdagi nutqida.

Bu hafta yana nimalar röy berdi?

Mundialga ilk yöllanmani muddatidan oldin hal qilgan Özbekiston saralaşni kötarinki kayfiyatda yakunladi. Toşkentdagi öyinda Qatar 3:0 hisobida mağlub etildi. Biri biridan çiroyli gollar bilan, bayram bayramdek böldi. Şavkat Mirziyoyev öyinni bevosita tribunadan turib tomoşa qildi, unga Slovakiya boş vaziri, Bolgariya prezidenti va qöşni davlatlarning boş vazirlari hamrohlik qildi. Öyindan keyin Islom Töxtaxöjayev öziga berilgan BYD'ni jamoadoşi Bobur Abduxoliqovga sovğa qilib, muxlislar olqişiga sazovor böldi.

Raqobat qömitasi Beeline kompaniyasiga abonent tölovi masalasida körsatma berdi. Qömitaning ma’lum qilişiça, Beeline'ning 10 dan ortiq tarif rejalarida oylik abonent tölovi uçun hisobda mablağ yetarli bölmaganda, avtomatik ravişda kunlik abonent tölovi yeçiladi, abonent esa buni rad eta olmaydi. Hatto hisobdagi pul kunlik tölovga yetmagan taqdirda ham, kunlik tölov yeçiladi, natijada balans minusga kirib, abonent bloklanadi, ya’ni körsatilmagan xizmat uçun haq olinadi. Iste’molçilar huquqini himoyalovçi organ bunga çek qöyişni buyurdi. Beeline bu talabni bajaradimi-yöqmi, hozirça ma’lum emas.

Raqobat qömitasi boşqa bir şov-şuvli keysda ham diqqat markazida. Ma’lum bölişiça, Uzum Market özining yangi raqobatçisi – Yandex kompaniyasining reklama roligi sabab qömitaga şikoyat qilgan. Rolikda Uzum Market nomi bevosita tilga olinmasa-da, uzum mevasini körsatiş orqali mamlakatdagi eng yirik marketpleysga işora qilingan. Raqobat qömitasi bu holatda insofsiz raqobat bor-yöqligini örganyapti. Qayd etiş kerak, Yandex Market'ning yurişi marketing sahnasida javobsiz qolmagan: Uzum Market ham nomlar tilga olinmagan, qahramonlar kiyimining rangi orqali işora berilgan videorolik e’lon qilgan.

Yirik kompaniyalar örtasidagi yana bir nizo sudda körib çiqilyapti. Octobank 13 iyundan boşlab Humans kobrending kartalari böyiça operatsiyalarga xizmat körsatişni töxtatdi. 13 iyun kuni sud Octobank'ning Humans'dan qarzdorlikni undiriş haqidagi da’vosini qanoatlantirdi. Da’vo qiymati 500 mlrd sömdan ortiqni taşkil etadi. Humans esa öziga nisbatan Octobank, Markaziy bank va bozorning boşqa iştirokçilari tomonidan “muvofiqlaştirilgan bosim” bölayotganini aytyapti. Humans şartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik ayblovi bilan bankka javob da’vosini tayyorlamoqda. Eslatib ötamiz, avvalroq “Özbektelekom” ham Humans'dan 500 mlrd sömdan ortiq qarzdorlikni tölaşni talab qilgan va sud buni qanoatlantirgandi.

Muallif – Komron Çegaboyev
Doimiy boşlovçi – Bobur Akmalov
Tasvirçi – Şohruzbek Abdurayimov
Surdotarjimon – E’zoza Ahmedova