Fan-texnika | 23:49 / 25.07.2018
6402
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda dunyodagi eng katta 3D-bosmaxona ochildi

Xitoydagi Inchuan shahar okrugida dunyodagi eng katta 3D-bosmaxona ochildi, deb yozadi China Daily. 12 ta ulkan printer joylashgan bu bosmaxonada yiliga o‘n ming tonna mahsulot bosib chiqariladi, bu xuddi shu o‘lchamdagi metallurgiya fabrikasiga nisbatan besh baravar ko‘p mahsulot degani.

Foto: chinadaily.com


Bosmaxona egasi bo‘lgan Kocel Group Limited kompaniyasi butun ish jarayonini avtomatlashtirishga harakat qilmoqda. Zavodda bir smenada atigi sakkiz kishi ishlaydi, ular chop etish ishini kuzatib turishadi.
 
Nashrning yozishicha, avtomobil silindrini ishlab chiqarishni boshlash uchun an'anaviy zavodga metall quyish shakllari kerak bo‘ladi. Bunday ehtiyot qismni ishlab chiqaruvchi mutaxassis tayyorlashga kamida olti oy ketadi. 3D-printer bunday detalni bir necha soat ichida ishlab chiqaradi.

Foto: chinadaily.com


Yaqinda Amerikaning Walden Monterey startapi 3D-printerda chop etilgan 22ta uydan iborat qishloq loyihasini namoyish etdi. Galini Sleeping Pod uylari loyihasi Kremniy vodiysidagi startapchilarga mo‘ljallangan. Mobil uylar quyosh batareyalari, shamol turbinalari va Tesla akkumulyatorlaridan energiya oladi.

Yashil elektr energiyasidan foydalanishdan tashqari bu uylar faqat qayta ishlangan xomashyo  - plastik va yog‘ochdan tayyorlanadi. Shuningdek, Galini Sleeping Pod loyihasi faqat aqlli uylar qurishni nazarda tutadi. Bu uylarda haroratni texnika o‘zi nazorat qiladi, energiya foydalanilmagan vaqtda o‘chirib qo‘yadi.

Mavzuga oid