Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublikachilar Putinning AQShga kelishi mumkin ekanidan norozi
Foto: Sputnik/Reuters
AQSh senatidagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonelning ma'lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kapitoliyga tashrifi ma'qullanmaydi. U Moskvani AQShdagi «bo‘lajak saylovlarga aralashmaslik» to‘g‘risida ogohlantirdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp 16 iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tgan AQSh va Rossiya sammitidan so‘ng, Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni Vashingtonga taklif etdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, tashrif kuz oylariga rejalashtirilgan. Tramp Putin bilan sammitdan keyin ikki partiya tanqidiga uchradi. Reuters’ning ta'kidlashicha, respublikachilarning ko‘pchiligi demokratlarga qo‘shilib, Tramp sammiti natijalarini tanqid ostiga oldi.
Trampning taklifi tashvishlarga ham sabab bo‘ldi, deb qo‘shimcha qilmoqda agentlik.
Bundan tashqari, AQSh vakillar palatasi spikeri respublikachi Pol Rayan Putin Trampning Vashingtonga tashrif buyurish borasidagi taklifini qabul qilsa, unda Rossiya prezidentiga kongressning qo‘shma majlisida chiqish qilish taklifi berilmasligini aytdi. Rayanning so‘zlariga ko‘ra, bunday imkoniyat faqat ittifoqchilarga taqdim etiladi.
Mavzuga oid
23:40 / 30.01.2026
Panama kanali Xitoy kompaniyasidan olib qo‘yildi
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
15:32 / 30.01.2026