Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya janubida yuz bergan terakt oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
Suriya janubidagi As-Suvayda shahrida yuz bergan portlash oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» politsiyadagi manbalarga asosan xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, jarohat olganlar soni aniqlashtirilmoqda.
As-Suvayda shahridagi bozorda xudkush terrorchi portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Shu bilan birga, Suriya armiyasi IShID guruhiga aloqador bo‘lgan ikki nafar terrorchi hujumining oldini olgani aytilyapti. Ular portlovchi qurilmalarni harakatga keltirishdan oldin yo‘q qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Rossiyaning Suriya hududi janubida eronlik harbiylar bo‘lmagan zonani yaratish to‘g‘risidagi taklifini rad etgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026