Özbekiston - loukosterlarni kirib borişi nuqtai nazaridan Osiyodagi autsayderlar biri. Bundan ANNA.AERO tomonidan ötkazilgan marketing tadqiqoti ma'lumotlari darak beryapti.

2008 va 2018 yillar örtasidagi vaqt oraliğini qamrab olgan tadqiqotda körsatilişiça, Osiyo bu davrda loukosterlarning kirib borişi darajasi böyiça Yevropani ortda qoldirdi - örtaça ösiş darajasi 19 foizni taşkil qiladi. Taqqoslaş uçun, Yevropada bu körsatkiç 9,4%ga teng, deb yozadi Spot.

Bu davrda bozorda loukosterlar uluşi 10%dan 28%gaça ösdi. Tadqiqotda taxmin qilinişiça, agar şunday sur'atlar saqlanib qolsa, loukosterlar 2030 yilga kelib Osiyo aviabozorining 50 foizini egallaşi mumkin.
  
71 million örindiqli IndiGo eng yirik loukosterga aylandi, keyin Lion Air (51 million) va AirAsia (37 million) boryapti.

Eng yirik bozorga Hindiston aylandi - u yerda loukosterlar bozorning 59 foizini egallab bölgan. Filippinda 55 foiz va Malayziyada 54 foiz.

Özbekistonda bozorning 0,1% loukosterlarga tegişli - bu mamlakatga uçuvçi yagona aviakompaniya Air Manas’dir. U Toşkent va Bişkek örtasida haftada ikki marotaba qatnovni amalga oşiradi.

Qirğiziston loukosterlarning kirib kelişi böyiça töqqizinçi örinni egallab turibdi - ular butun aviabozorning 33 foizini taşkil qiladi. Qozoğiston va Turkmanistonda bu körsatkiç 2 foizga teng bölsa, Tojikistonda 2,3 foiz va Möğulistonda 2,5 foiz.