Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yangi ko‘p maqsadli bulutli platforma paydo bo‘lishi mumkin
Joriy yilning 24 iyulida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida AKT sohasida hamkorlik o‘rnatish maqsadida «Middleware» (AQSh) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Chet el kompaniyasi markaz xodimlariga ko‘p maqsadli bulutli platforma «Corezoid»ni namoyish qilishdi. Bu platforma avtomatik va avtomatlashtirilgan jarayonlarni ishlab chiqish, yuritish, boshqarish, bajarish, kuzatish, monitoring qilish va optimallashtirishga mo‘ljallangan.
Platforma «Corezoid» turli sohalarda: moliyada (PrivatBank), internet-savdoda (www.allo.ua, www.alisa.ua), agro-sektorda (Xolding PrivatAgro), mashhur messenjerlarda bot-platforma sifatida (FB Messenger, Telegram) muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashishdi. Shuningdek, markaz xodimlariga mamlakatning IT-sektorida kompaniyaning tayyor yechimlaridan muvaffaqiyatli foydalanish uchun sohaga oid davlat hamda xususiy tashkilotlar bilan aloqalarni o‘rnatish zarurligi to‘g‘risida tavsiyalar berildi.