O‘zbekiston | 18:34 / 26.07.2018
10051
2 daqiqa o‘qiladi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasidagi ish haqi nimalarni o‘z ichiga oladi?

Foto: Norma.uz

Vazirlar Mahkamasining 23.07.2018 yildagi 566-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma yozmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Inspektsiya prezidentning 17.04.2018 yildagi PF–5418-son farmoni bilan tashkil etilgan. U tugatilayotgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi, Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, «O‘zsuvnazorat» respublika suv inspeksiyasi, «O‘zdavurug‘nazoratmarkaz» qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi, shuningdek «O‘zstandart» agentligining O‘zbekiston paxta mahsulotlarini sertifikatlash «Sifat» markazi (1 avgustdan) funksiyalarini o‘zida birlashtirdi.
 
Inspektsiya xodimlarining mehnatga haq to‘lash fondi tarkibi, shuningdek uni tayinlash va to‘lash tartibi belgilandi.

Hujjat 24.07.2018 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid