Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 172 ming gektar sanoatlashgan bog‘lar barpo etiladi
O‘zbekistonda 2026–2028 yillarda 172 ming gektar maydonda sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar tashkil etiladi. Bu borada Prezidentning tegishli farmoni qabul qilinib, bog‘dorchilik sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy etildi.
“Sanoat usulidagi intensiv mevali bog‘lar barpo etish va eskirgan bog‘larni yangilashni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, mamlakatda zamonaviy bog‘dorchilikni rivojlantirish va eskirgan bog‘larni bosqichma-bosqich yangilash choralari ko‘riladi.
2026 yil 1 iyuldan boshlab eskirgan bog‘larni yaroqsiz deb topish va ular o‘rnida sanoatlashgan bog‘lar tashkil etish bo‘yicha xulosa berish vakolati Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga ham beriladi.
Shuningdek, agentlik xulosasi berilganidan keyin 12 oy davomida yangi bog‘ yoki tokzor barpo etilmasa, mazkur yer maydonlari uchun yer solig‘i va suvdan foydalanganlik solig‘i stavkalari 3 baravarga oshiriladi. Agar 24 oy ichida ham yangi bog‘lar tashkil etilmasa, ushbu yerlarga suv berish taqiqlanadi.
Farmon bilan bog‘dorchilik sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari ham belgilandi. Xususan, tadbirkorlarga har gektar uchun 120 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlar 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada ajratiladi.
Shuningdek, xorijdan “in-vitro” usulida yetishtirilgan sertifikatlangan mevali ko‘chatlarni import qilish uchun ham imtiyozli kreditlar taqdim etiladi.
Mavzuga oid
12:50 / 10.12.2025
Quritilgan olxo‘ri va o‘rik eksporti bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 3-o‘ringa chiqdi
23:15 / 20.02.2025
Senat istirohat bog‘lari va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlovchi qonunni ma’qulladi
17:23 / 15.10.2024
Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi
17:28 / 23.07.2022