Hujjat loyihasiga köra, farmatsevtik inspeksiya — dori vositalari işlab çiqaruvçilar, klinik tadqiqot bazalari, laboratoriyalar, distribyutorlar va dorixonalarning tegişli standartlarga muvofiqligini baholaş jarayoni hisoblanadi.
Nizom loyihasi talablari mahalliy va xorijiy dori vositalari işlab çiqaruvçilarni «Zarur işlab çiqariş amaliyoti», klinik tadqiqot bazalarini «Zarur klinika amaliyoti», laboratoriyalarni «Zarur laboratoriya amaliyoti», distribyutorlik va dorixona faoliyatini esa tegişli standartlar asosida tekşirişga tatbiq etiladi.
Belgilangan tartibga muvofiq, inspeksiya xizmatlari uçun tölovlar ariza beruvçi tomonidan şartnomada körsatilgan muddatlarda vakolatli organ hisobvarağiga ötkaziladi. Agar inspeksiya belgilangan sifatda ötkazilmagani yoki ariza asossiz rad etilgani aniqlansa, tölovlar qaytarib beriladi.
Xizmatlar uçun haq miqdori vakolatli organning mehnat vaqti normasi, soatlik iş haqi, maxsus koeffitsiyentlar va qöşilgan qiymat soliği asosida formula orqali hisoblanadi. Ayrim hollarda xorijiy korxonalar uçun qöşimça tuzatuvçi koeffitsiyent qöllanadi.
Şuningdek, mahsulot namunalarini tahlil qiliş, xizmat safarlari bilan boğliq xarajatlar alohida tartibda qoplanişi belgilangan.

















