21:59 / 26.07.2018
60173

Hayratlanarli va vahimali: Yerning surilishi videosi namoyish qilindi

Internetda Mo‘g‘ulistonda yerning surilishi videosi namoyish qilindi. Aytish joizki, voqea bir hafta avval yuz bergan. Ushbu videoni Buyan Chamzyryn taxallusli foydalanuvchi Facebook’da joylashtirgan.

“Kecha (19 iyul), soat 10:19da, Mo‘g‘uliston yer ostida bosim va haroratning katta farqi sababli yer po‘stlog‘ining surilishini boshdan kechirdi. Hayratlanarli. Odamzod bunday hodisani ilk bor ko‘rmoqda”, deb izoh bergan foydalanuvchi.

Videoda tuproq-loy uyumlarining yer sirti bo‘ylab katta sudraluvchi hasharot kabi surilayotganini ko‘rish mumkin. 

Top