Möğuliston kelişilgan 100 mingta zotdor qöydan dastlabki mingtasini Özbekistonga jönatdi. Bu haqda 16 avgust kuni Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi xabar bermoqda.
Qömita raisi Bahrom Norqobilovning Möğulistonga taşrifi doirasida ming boş “Bayad” zotli qöylar Navoiy viloyatida köpaytiriş uçun Özbekistonga aviatransport orqali yuborildi.


Oktyabr oyi oxirigaça 60 ta reysda 50 ming boş, noyabr-dekabr oylarida yana 50 ming boş, 2025 yil yakuniga qadar jami 100 ming boş qöy olib keliş yuzasidan çoralar belgilab olindi.
Şuningdek, Möğuliston boş vaziri örinbosari S.Amarsayxan bilan muzokaralar ötkazilib, qöy va eçkilarni eksport qilişda davlat bojini 18 dollardan 7 dollarga tuşiriş böyiça kelişuvga erişildi.
Eslatib ötamiz, 100 ming boş qöy importi borasida Özbekiston prezidentining Möğulistonga joriy yil iyun oyidagi taşrifida kelişuvga erişilgan edi.













