Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2025–2026 yillarda:

a) Möğulistonning yirik savdo markazlarida “Özbekiston mahsulotlari” yarmarkasini taşkil etadi hamda qişloq xöjaligi mahsulotlarini Özbekistondan eksport qilib, kelgusida boşqa davlatlarga reeksportni amalga oşiradi;
b) Ulan-Bator şahridagi yirik savdo maydonlarida Özbekiston mahsulotlari stendini taşkil etib boradi;
v) Özbekiston-Möğuliston savdo uyini taşkil etadi;
g) Möğulistonning importçi korxonalari vakillaridan iborat delegatsiyaning Özbekistonga taşrifini taşkil etgan holda biznes uçraşuvlar ötkazadi.

Savdo-sanoat palatasi, “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi va Qişloq xöjaligi vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berildi:

a) 2025 yil yakuniga qadar Özbekiston töqimaçilik fabrikalarida dastlabki bosqiçda sinov tariqasida aralaş ip va mato işlab çiqariş uçun Möğulistondan “Özsanoateksport” AJ orqali markazlaşgan holda mayin jun va kaşemir olib keliş. Bunda “Savdoni rivojlantiriş kompaniyasi” AJ uşbu maqsadlar uçun “Özsanoateksport” AJga uning buyurtmanomasiga asosan belgilangan tartibda mablağ ajratadi;
b) 2026 yil yakuniga qadar Möğulistondan import qilingan mayda şoxli mollardan olinadigan junni qayta işlaş böyiça mahalliy mutaxassislarning Möğulistonning kaşemir işlab çiqariş va töqimaçilik korxonalarida malakasini oşirgan holda junni qayta işlaş korxonasini taşkil etiş.