Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Misrga yirik moliyaviy yordamni amalga oshiradi. Qohira esa qurol sotib oladi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati Misr hukumatiga mudofaa maqsadida ajratilgan 195 million dollarni taqiqdan yechishga qaror qildi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti chorshanba kuni ma'lumot bergan.
Gap shundaki, mudofaa maqsadida sarflanishi rejalashtirilgan moliyaviy yordam puli ajratilgani e'lon qilingach, Misrda inson huquqlarining poymol etilishi bilan bog‘liq holatlar yuzaga chiqqandi. Shundan so‘ng, pullar noma'lum muddatga "muzlatib qo‘yildi".
Davlat departamentining rasmiy bayonotida aytilishicha, Qohiraga pullardan foydalanishga ruxsat berish, Misrning inson huquqlari masalasida AQSh e'tiroz bildirgan holatlarga e'tiborli bo‘lganiga ishora qiladi.
Biroq, Reuters bilan suhbatlashgan Davlat departamenti xodimi ushbu masalada AQShning no‘noqligi alohida ta'kidlagan. Unga ko‘ra, Misr haligacha e'tirozlarga munosib choralar ko‘rmagan. Moliyaviy yordamning "yechilishi" esa AQSh-Misr munosabatlari, ayniqsa Yaqin Sharqda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikka ta'sir qiladi.
Ma'lumot uchun, AQSh Davlat departamenti shu yilning aprel oyida e'lon qilgan hisobotida Misrdagi vaziyatga alohida to‘xtalib o‘tgandi. Aytilishicha, mamlakatdagi ichki vaziyati inson huquqlarining poymol bo‘lishiga imkon bermoqda.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026