Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va YeI muzokaralar vaqtida yangi bojlar joriy etilmasligiga kelishib oldi
Foto: REUTERS
Yevropa ittifoqi davlatlari va AQSh vakillari tomonlar o‘rtasida savdo bo‘yicha muzokaralar ketayotgan paytda yangi bojlar joriy etishni to‘xtatib turish haqida kelishib oldi. Bu haqda RIA «Novosti» Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerga asosan xabar qilmoqda.
«Bugun AQSh prezidenti Donald Tramp bilan po‘lat va alyuminiyga bojlar bo‘yicha choralarni kerakli vaqtda qayta baholash lozimligiga kelishib oldik», - dedi Yunker.
Uning ta'kidlashicha, savdo to‘siqlari milliy manfaatlarni himoya qilmaydi, balki iqtisodiy xavfsizlikka ziyon yetkazadi. Yunker avtomobillar uchun ehtiyot qismlariga 20 foizlik bojni misol tariqasida keltirgan: agarda AQSh tegishli bojni joriy etishga qaror qilganida va YeI vakillari shunday chora bilan javob qaytarganida, unda Qo‘shma Shtatlar YaIM yiliga 50 mlrd dollar yo‘qotgan bo‘lardi.
«Biz muzokaralar olib borilayotgan vaqtda yangi bojlar joriy etilmasligiga kelishib oldik», - deya xulosa qilgan Yunker.
Mavzuga oid
23:27
Trampning urushi: maktabga hujum dunyoni larzaga soldi
23:17
Biz oson g‘alaba qozonamiz – Tramp urush boshlanganidan keyin ilk marta jonli efirda nutq so‘zladi
22:50
“Dubay va Abu-Dabi portlagan raketa hidiga to‘lib ketdi” – qozog‘istonlik jurnalist
15:40