Prezident “2022-2023 yillarga möljallangan Yangi Özbekiston ma'muriy islohotlari dasturini işlab çiqiş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoyişni imzoladi.
2022-2023 yillarga möljallangan Yangi Özbekiston ma'muriy islohotlari dasturini işlab çiqişni muvofiqlaştiruvçi respublika komissiyasi, davlat boşqaruvi organlarining maqomini belgilaş, tuzilmalarini takomillaştiriş va ştat birliklarini maqbullaştiriş yuzasidan takliflarni işlab çiqiş böyiça işçi guruhi taşkil etilmoqda.
Şuningdek, davlat boşqaruvi organlari faoliyatida raqamli texnologiyalar, oçiqlik va davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş yuzasidan takliflarni işlab çiqiş böyiça işçi guruhi, davlat boşqaruvi organlarining moddiy-texnika ta'minotini takomillaştiriş yuzasidan takliflarni işlab çiqiş böyiça işçi guruhi, davlat boşqaruvi organlarining kadrlar salohiyatini takomillaştiriş yuzasidan takliflarni işlab çiqiş böyiça işçi guruhi, davlat boşqaruvi organlarida korrupsiyaning oldini oliş yuzasidan takliflarni işlab çiqiş böyiça işçi guruhi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş yuzasidan takliflarni işlab çiqiş böyiça işçi guruhi taşkil etiladi.
Komissiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- ma'muriy islohotlarni amalga oşirişda davlat boşqaruvi organlarining faoliyati özaro kelişilgan tarzda, samarali olib borilişini, sustkaşliklar va mas'uliyatsizlikka yöl qöymasligini ta'minlaş, şuningdek, işçi guruhlari işini puxta va sifatli taşkil qiliş, mazkur farmoyişda belgilangan çora-tadbirlar bilan bir qatorda ularning qöşimça vazifa va funksiyalarini belgilaş;
- vazirliklar, davlat qömitalari, qömitalar, agentliklar, inspeksiyalar, markazlar va boşqa davlat boşqaruvi organlari (keyingi örinlarda – vazirlik va idoralar)ning davlat siyosatini amalga oşiriş, nazorat funksiyalarini bajariş, jismoniy va yuridik şaxslarga davlat xizmatlarini körsatiş sohasidagi funksiyalarini böliş;
- vazirlik va idoralar faoliyatida aniq körsatkiçlar va maqsadli indikatorlarga erişiş tizimini joriy qiliş;
- davlat boşqaruvi asoslari töğrisidagi qonunçilik hujjatlarining zamon talablariga mos ravişda puxta işlab çiqilişi hamda kiritilişini ta'minlaş.
Belgilanişiça, işçi guruhi a'zolari asosiy iş joyidagi vazifalardan töliq ozod qilinadi hamda tegişli davr mobaynida ular uçun qonunçilikda belgilangan barça şart-şaroitlar saqlab qolinadi. Vazirlik va idoralar rahbarlari ikki kun muddatda işçi guruhlari tarkibiga kiritilgan a'zolar belgilangan tartibda öz işida töliq faoliyat yuritişini ta'minlaydi.
















