Davlat organlari va taşkilotlari hamda boşqa taşkilotlarda ijro intizomini taşkil etişning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
🔹 qonunlar, Özbekiston prezidentining farmon, qaror, farmoyiş va topşiriqlari ijrosini nazorat qilişning samarali mexanizmlarini joriy qiliş;
🔹 hududlarda islohotlar natijadorligini örganiş va ijro intizomini mustahkamlaş işlarini sifatli taşkil etiş;
🔹 davlat organlari va taşkilotlarda ijroni taşkil etişda birinçi rahbarlarning mas’uliyatini oşiriş;
🔹ijro intizomini nazorat qiliş jarayonlariga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qiliş.
Hisob palatasiga qöşimça vazifalar yuklatildi, jumladan:
🔸qonunlar, Özbekiston prezidentining farmon, qaror, farmoyiş va topşiriqlari doirasida ajratilgan mablağlarning maqsadli sarflanişini örganiş bilan birga ularning aholi hamda tadbirkorlar uçun samaradorligini tahlil qiliş;
🔸 ijro intizomini mustahkamlaşga, mansabdor şaxslarning şaxsiy mas’uliyatini oşirişga, Özbekiston prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijalariga erişişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;
🔸 qonunçilik hujjatlari va topşiriqlar ijro etilişi yuzasidan davlat organlari va taşkilotlar faoliyatini muvofiqlaştiriş.
2025 yil 1 sentabrdan boşlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining qisqartiriladigan ştat birliklari hisobidan Hisob palatasiga qöşimça 10 ta boşqaruv ştat birligi ajratiladi.












