Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalq banki Germaniyaning “Berliner Sparkasse - Branch of Landesbank Berlin AG” banki bilan 30 million yevrolik kelishuv imzoladi
Xabaringiz bor, joriy yilning 11 iyul kuni Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki mijozlarining biznes loyihalarini xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish maqsadida Germaniyaning “Berliner Sparkasse - Branch of Landesbank Berlin AG” banki vakillari bilan Toshkent shahrida kelishuv imzolash oldi uchrashuvi o‘tkazilgan edi.
Bugun Xalq banki Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari Nizomiddin Abbosov boshchiligidagi delegatsiya tomonidan Germaniyaning Berlin shahrida “Berliner Sparkasse - Branch of Landesbank Berlin AG” banki bilan 30 million yevrolik Bosh kelishuv imzolandi.
Mazkur shartnoma doirasida Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan yurtimizdagi tadbirkorlik sub'yektlarining qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish kabi loyihalari moliyalashtiriladi.
Qayd etish lozimki, bugungi kunda Xalq banki tomonidan Germaniya davlatidan naslli qoramollar shuningdek, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop sut va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalari sotib olish bilan bog‘liq loyihalarni xorijiy valyutada moliyalashtirish va tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.
Ushbu kelishuvdan so‘ng, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi.
Bank axborot xizmati
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026