Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Novichok ishi». Britaniya politsiyasi poyabzal do‘konidagi kuzatuv kameralari bilan qiziqib qoldi
Foto: AP/Matt Dunham
Britaniyaning Uiltshir grafligi politsiyasi Charli Rouli «Novichok» asab-falajlovchi modda bilan zaharlangan kuni borgan, Eymsberi shahri markazidagi poyabzal do‘konidan videokuzatuv kameralari yozuvini oladi. Bu haqda Huffington Post yozmoqda.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Rouli poyabzal do‘koniga 30 iyun kuni tashrif buyurgan hamda yarim soat o‘tib o‘z uyiga qaytib kelgan. Britaniyalik zobitlar himoya kiyimida do‘kondan videokuzatuv kameralari yozuvini olishadi, bu «Novichok ishi» bo‘yicha davom etayotgan tergov doirasida qilinadi. Politsiyachilar himoya kiyimini ehtiyot chorasi sifatida kiyib olishadi, deya qo‘shimcha qilgan nashr.
Bunga qadar kimyoviy himoya kostyumlarini kiyib olgan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Solsberidagi «Qirolicha Yelizaveta bog‘lari» bog‘ida o‘rnatilgan umumiy hojatxonalarda «Novichok» asab-falajlovchi modda izlarini qidirishgandi.
Charli Rouli va uning tanishi Don Sterjyess 30 iyun kuni Eymsberida hushsiz holatda topildi. Britaniya politsiyasining fikricha, ular «Novichok» asab-falajlovchi moddasi bilan zaharlangan. Rouli hozirda shifoxonadan chiqarildi, Cterjyess 8 iyul kuni vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Novichok» bilan zaharlangandan so‘ng omon qolgan britaniyalik o‘z ruhiy holati haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
13:30 / 16.03.2026
Yanvarda 1,1 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Buyuk Britaniya tomon yo‘l oldi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
18:02 / 10.03.2026
Britaniyalik 10 ming nafar yozuvchi matnsiz kitob chiqardi
15:19 / 06.03.2026