Jahon | 07:44 / 26.07.2018
5854
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyadagi teraktlar qurbonlari 221 nafarga yetdi

Foto : SANA

25 iyulda Suriya janubidagi As-Suvaydo viloyatida sodir etilgan bir qator teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 221 nafarga yetdi. Bu haqda Sham FM radiostansiyasiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi. Shuningdek, 180 kishi jarohat olgan. 

Avvalroq 183 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingan.  

Dastlab viloyatning ma'muriy markazi hisoblangan As-Suvaydo shahridagi Suk-al-Xo‘dro bozorida kuchli portlash sodir etilgan. So‘ngra Al-Musallah tumanida ham portlash sodir etilgani ma'lum qilingan. Teraktlar jangarilarning shahar atrofidagi aholi punktlariga hujumlari bilan birga kechgan. 

Hujumlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid