Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp savdo muzokaralaridagi «katta o‘zgarish» haqida ma'lum qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida Yevropa ittifoqi vakillari bilan tomonlar o‘rtasidagi yangi savdo kelishuvi bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralarga izoh berdi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar vakillari tomonlarda bir-biriga qarshi bojlar joriy etishga ehtiyoj yo‘q ekani bo‘yicha «aniq fikrga» kelgan. Uning ta'kidlashicha, davlatlar vakillari hozirgi vaqtda yangi savdo kelishuvi bo‘yicha hujjatlar ustida ishlamoqda.
Trampning boshqa bir tvitda yozishicha, YeI chegaralari AQSh uchun ochiq bo‘ladi. Amerika yetakchisining bildirishicha, muzokaralar vaqtida «iliq» muhit saqlanib qolgan.
«Tezlik bilan katta o‘zgarishga erishildi, buni hech kim kutmagandi!», - deya xulosa qilgan Tramp.
Mavzuga oid
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026