Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat vazirligi: Samarqandda shaharning tarixiy qismi tiklanadi
Bu borada yurtimiz va chet el yetakchi mutaxassislari birgalikda ish olib boradi, deya ma'lum qildi O‘zbekiston madaniyat vazirligi. Bu haqda “Zarafshon” nashri yozmoqda.
Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilovaning jurnalistlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ma'lum qilishicha, Samarqandda so‘nggi ikki-uch yil ichida o‘zboshimchalik avj olgan: hududlar sotib yuboraverilgan, eski uchastkalar buzilgan.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, shaharning tarixiy qismini tiklashda har bir uy, har bir ko‘cha e'tiborga olinadi.
Bu hududda ikki qavatdan yuqori bino qurish taqiqlanadi. Uy ta'mirlanayotgan bo‘lsa-da, restavratsiya talablariga amal qilinishi lozim, deya ta'kidladi K.Akilova.
O‘zbekiston o‘z shaharlarini YuNeSKOning Butun jahon merosi ro‘yxatiga kiritgan ekan va tegishli konvensiyani ratifikatsiya qilgan ekan, undagi qoidalarga rioya qilishi kerak, deya xulosa qildi vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026