O‘zbekiston | 12:42 / 27.07.2018
13595
4 daqiqa o‘qiladi

Hujjatlar va order o‘rniga davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma

Foto: Depositphotos

Yer kodeksi va “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunga tegishli o‘zgartirishlar (24.07.2018 yildagi O‘RQ-487-son) kiritildi va 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
 
Norma’ning yozishicha, birinchidan, davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma huquqni belgilovchi yagona hujjat bo‘ladi.
 
Hozirgi vaqtda qonun hujjatlarida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlaydigan 7 turdagi hujjatlar mavjud:

1. yer uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati;
2. yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini beruvchi davlat hujjati;
3. yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati;
4. yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
5. yer uchastkasi ijarasi shartnomasi yoki yer uchastkasidan muddatli foydalanish shartnomasi;
6. yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma;
7. yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma.
 
Bunda oxirgi ko‘rsatilgan hujjat - davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma – yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi yoki boshqa shaxslarga o‘tishiga doir barcha hollarda rasmiylashtiriladi, chunki ko‘chmas mulkka egalik huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak (FKning 84-moddasi). Ya'ni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnoma davlat hujjati va orderi yoki ijara shartnomasi yoki yerdan muddatli foydalanish shartnomasi bilan bir qatorda zarur.
 
Kiritilgan tuzatishlar bilan qonun chiqaruvchi yer mulkdorlarini, egalik qiluvchilarni va foydalanuvchilarni qo‘shimcha huquqni belgilovchi hujjatlar – davlat hujjatlari va davlat orderlarini olish zaruratidan ozod qildi (yuqoridagi ro‘yxatning 1-4-bandlari). Yer uchastkasi joylashgan joy bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish va davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi guvohnomani olish kifoya.
 
Ro‘yxatga olish ma'lumotlari  Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga (hozir – tuman yoki shahar yer-kadastr daftari) kiritiladi. Buning ustiga davlat ro‘yxatiga olinadigan muddat zarur hujjatlar ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e'tiboran 10 dan 2 kunlik muddatga qisqartirildi.
 
Ijara yoki yer uchastkasidan muddatli foydalanish ilgarigidek tegishli shartnoma (yuqoridagi ro‘yxatning 5-6-bandlari) asosida amalga oshiriladi. Garchi rasman bu shartnomalar huquqni belgilash funksiyalarini bajarishni to‘xtatsa-da, ular tegishli huquqni ro‘yxatga olish uchun asos hisoblanadi.
 
Ikkinchidan, yer uchastkalariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni ijaraga olgan va mulk qilib olganlarning majburiyatlari kengaytiriladi. Shuningdek ular:

• yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar majburiy tartibda bekor qilingan taqdirda, yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashlari;
• yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallashga va (yoki) o‘zboshimchalik bilan qilingan qurilishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasidagi qonunga xilof qurilishni to‘xtatib turish bo‘yicha choralar ko‘rishlari shart.
 
Uchinchidan, ularda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni qoplanmaydigan asoslarga tuzatishlar kiritildi. Xususan, ro‘yxatga yer uchastkalarini dafn etish joylarini tashkil qilish, shuningdek Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari uchun olib qo‘yish kiritildi.
 
Qonun 26.10.2018 yildan kuchga kiradi.

Mavzuga oid