13 apreldan buyon Qozoğistonga köçib kelgan Rossiya va Ukraina fuqarolari, ular orasida qondoşlar ham (çet elda yaşagan etnik qozoqlar — tahr.) doimiy yaşaş guvohnomasi oliş uçun ariza topşirişda rad javoblarini ola boşladi. Relokantlar Telegram-çatlarida qayd etilişiça, joriy etilgan majburiy qozoq tili testidan deyarli heç kim öta olmagan.

Yaşaş guvohnomasiga da’vogarlar migration.enbek.kz saytida talab etilgan A1 darajasi (tilni bazaviy biliş — tahr.) örniga, endi göyoki B2 darajasi (erkin muloqot qiliş, murakkab matnlarni tuşuniş — tahr.) talab etilayotganini bildirgan. Guvohnoma oliş qoidalari özgargani haqida hozirça heç qayerda rasmiy tasdiq paydo bölmagan.

DW bilan suhbatda Olmaota migratsiya xizmati vaziyatga izoh berişdan boş tortdi, biroq hozirda Ostonada maslahatlaşuvlar ketayotganini qayd etdi. «Bizga izoh beriş taqiqlangan. Hozir bu masala kelişilmoqda. Ma’lumot uçun hukumat tuzilmalariga murojaat qiling», — deyilgan xizmat rahbarining qabulxonasida. 

Bir qator hukumat amaldorlari bilan suhbatlardan ma’lum bölişiça, Qozoğiston migratsiya siyosatida haqiqatan ham jiddiy özgarişlar yuz bergan. Endi çet elliklarga yaşaş guvohnomasini beriş uçun Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qiliş vazirligi mas’ul. 13 fevraldan u «raqamli skoring» deb ataluvçi — tölovga qobiliyatlik va işonçlilikni baholovçi avtomatlaştirilgan tizimni joriy qilgan, u Qozoğistonda doimiy yaşaşni istagan barça xorijiy fuqarolarni istisnosiz tekşiradi. Uning doirasida har bir immigrant, birinçi navbatda, qozoq tilini B1 darajasida biliş böyiça test topşirişi şart.

«10 aprelgaça raqamli skoringning birinçi bandida haqiqatan ham elementar A1 daraja bölgan. Ikkinçi band özgarmadi — oila tarkibi, ma’lumot darajasi, iş staji, kompetensiyasi, soğliği holati va Qozoğistonda qarindoşlari bor-yöqligi tekşiriladi. Avvalgidek, mamlakat iqtisodiyoti uçun ayniqsa talab yuqori bölgan mutaxassislarga ustunlik beriladi», — dedi DW’ga amaldorlardan biri.

Yana bir qator yangiliklar ham kiritilmoqda. Endi arizani hukumat ustuvor deb belgilagan yetti hududdan biriga topşiriş mumkin. Gap Oqmöla viloyatining ayrim tumanlari, Abay viloyati, şuningdek Şarqiy Qozoğiston, Qöstanay, Pavlodar, Şimoliy Qozoğiston viloyatlari va Ulutau haqida ketmoqda. Aholisi 1 milliondan ziyod bölgan şaharlar — Olmaota, Ostona va Çimkent — ustuvor hududlar qatoriga kirmaydi, şuning uçun amalda Qozoğistonda yaşaş guvohnomasi olişni istovçilar uçun yopilmoqda. Da’vogarlarning mahalliy ijro organlarida maxsus suhbatdan ötişi ham muhim hisoblanadi.