Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda musson yomg‘ir qurbonlari 58 kishiga yetdi
Oxirgi 3 kunda Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida musson yomg‘irlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 58 kishiga yetdi, 53 kishi jarohat olgan. Bu haqda Press Trust of India nashri ma'lum qilmoqda.
Avvalroq 49 kishi yomg‘irlar qurboniga aylangani ma'lum qilingandi.
Halok bo‘lganlar haqidagi xabarlar Saxaranpur, Agra, Meyerut, Manipuri, Kasganj va boshqa aholi punktlaridan olinmoqda.
Aksariyat hollarda odamlar turar joylar tomlari qulashi, daraxtlar va elektr ustunlari ag‘darilishi hamda chaqmoq urishlar oqibatida halok bo‘lishgan.
Uttar-Pradesh bosh vaziri Yogi Adityanatx mahalliy hokimiyat idoralariga qutqaruv operatsiyalari va uylari vayron bo‘lganlarga qonunga muvofiq moliyaviy yordam ko‘rsatishni boshlashga ko‘rsatma bergan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026