Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda 75 kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi
Misrda 75 kishi, jumladan “Musulmon birodarlar” guruhining muhim a'zolari o‘lim jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda Misr OAVga iqtibos keltirgan holda New York Times nashri ma'lum qildi.
Barcha mahkum qilinganlar 2013 yilda “Musulmon birodarlar” hokimiyatdan chetlatilgan harbiy to‘ntaruvdan keyin yuz bergan namoyishlar ishtirokchilari bo‘lishgan. Sud qarori odatda bunday hukmlarni tasdiqlovchi mamlakatning oliy diniy yetakchisi – buyuk muftiyga yuborilgan.
Sud jarayonida 739 kishi, jumladan “Musulmon birodarlar” yetakchisi Muhammad Badiy va fotojurnalist Mahmud Abu Zaydga qarshi ayblovlar ko‘rib chiqilgan. Ishda jamoat mulkiga ziyon yetkazishdan tortib qotillikkacha ayblovlar bildirilgan.
Mavzuga oid
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026