Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qiliş portalida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kiritilişi rejalaştirilayotgan özgartişlar va qöşimça:

1-modda. Özbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga quyidagi özgartişlar kiritilişi mumkin:

1) 32-moddada:

birinçi qism quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Uy, kvartira mulkdorining oila a'zolari, şuningdek u bilan doimiy yaşayotgan fuqarolar, agar ularni köçirib kelgan paytda yozma ravişda boşqa hol qayd etilgan bölmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanişga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga özlarining voyaga yetmagan farzandlarini köçirib kiritişga haqlidirlar.”;

quyidagi mazmundagi ikkinçi – yettinçi qismlar bilan töldiriladi:

“Uy, kvartira mulkdorining oila a'zolari mulkdor bergan turar joyga özlarining xotini (eri) va voyaga yetmagan farzandlarini köçirib kiritişga haqlidirlar.

Oilaning sobiq a'zolari uy, kvartira mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda, agar uy, kvartira mulkdori bilan uning oilasining sobiq a'zosi örtasida boşqa kelişuv belgilanmagan bölsa, mazkur turar joydan foydalaniş huquqini saqlab qolmaydi. Agar uy, kvartira mulkdori sobiq oila a'zosining mulkiy ahvoli va boşqa e'tiborga sazovor holatlari unga boşqa turar joy bilan özini ta'minlaşga imkon bermasa uning mulkdorga tegişli bölgan turar joydan foydalaniş huquqi, oilaning sobiq a'zosiga nisbatan sudning qaroriga asosan ma'lum bir muddatga saqlab qolinişi mumkin. Bunda sud aliment majburiyatlarini sobiq xotini (eri) va oilasining boşqa a'zolari foydasiga bajarayotgan uy, kvartira mulkdoriga sobiq xotini va oilasining boşqa a'zolari talablari böyiça ularni boşqa turar joy bilan ta'minlaş majburiyatini yuklaşga haqli.