Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “Özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalari hamda ularda qurilgan bino va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida” qonun loyihasi birinçi öqişda körib çiqildi. Adliya vaziri örinbosari Alişer Karimovning axborotiga köra, bu qonun 3,8 milliondan ortiq fuqaroning 493 ming gektarga teng yer uçastkalari taqdirini belgilab beradi.

Hozirgi kunda huquqiy hujjatlari yöq yoki töliq bölmagan,

yer uçastkasidan uzoq yillar davomida foydalanib kelayotgan yoki yerga bölgan huquqlarni rasmiylaştiriş masalasi yer egasiga boğliq bölmagan sabablarga köra oxiriga yetmagan 3,8 milliondan ortiq 493 ming gektar yer uçastkalari mavjud.

Qolaversa, amaldagi qonunçilikda uşbu yerlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş uçun huquqiy asos ham, vakolatli organ ham belgilanmagan.

Hozirgaça huquqlarni e’tirof etiş masalasida jami 5 marta “aksiya” e’lon qilingan. Ularda hammasi bölib 1 million 338 mingta özboşimça qurilgan uy hujjatlaştirilgan. Xususan:

  • respublika böyiça: 03.08.2016 yildagi 251-son Hukumat qarori asosida 695 738 ta, 20.04.2018 yildagi PF–5421-son Farmon asosida 621 580 ta;
  • ayrim hududlarda: 19.04.2021 yildagi 223-son Hukumat qarori asosida
  • Nukus şahrida 3 979 ta, 13.08.2021 yildagi 520-son Hukumat qarori asosida
  • Asaka, Şahrixonda 16 871 ta, 28.07.2023 yildagi PF–119-son Farmon asosida Qoraqalpoğistonda 232 ta (davom etmoqda).

Şu sababli, Adliya vazirligi tomonidan “Özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalari hamda ularda qurilgan bino va inşootlarga bölgan huquqlarni e’tirof etiş töğrisida”gi Qonun loyihasi işlab çiqildi.

Qonun 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi

Qonun loyihasi bilan huquqlarni e’tirof etiş quyidagi bosqiçlarda amalga oşiriladi:

1) Kadastr agentligi Avtomatlaştirilgan axborot tizimini yaratib, unga barça yerlar böyiça 12 xil turdagi birlamçi ma’lumotlarni kiritadi;

2) 12 ta vakolatli davlat organlari (hokimlik, quriliş, ekologiya, soliq, “Özbekkosmos” agentligi va boşqalar) har bir yer uçastkasi böyiça ma’lumotlarni tizimga kiritadi;

3) töplangan barça hujjatlarning töliqligi va qonuniyligi tizim orqali viloyat adliya boşqarmasi tomonidan tekşirib çiqiladi;

4) ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga SMS-xabarnoma yuboriladi (fuqaro ariza berişi talab etilmaydi);

5) xabarnoma asosida bir martalik tölovni amalga oşirganlarga Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlari qarori bilan huquqlar e’tirof etiladi (yerga – ijara huquqi, bino-inşootga – mulk huquqi).

Qonunga asosan quyidagi köçmas mulklarga nisabatan huquqlar e’tirof etilişi belgilanmoqda:

1) 2018 yil 1 may kuniga (ya’ni 20.04.2018 yildagi PF–5421-son Farmoni bilan e’lon qilingan “bir martalik aksiya”ga) qadar fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda özboşimçalik bilan egallagan yer uçastkasi hamda unda qurilgan bino va inşootlarga;

2) 2018 yil 1 may kuniga qadar fuqarolar va taşkilotlar tomonidan hujjatda körsatilgan maydondan ortiqça egallangan yer uçastkasi hamda unda qurilgan bino va inşootlarga;

3) “bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni e’tirof etiş oxiriga yetmagan yer uçastkasi hamda unda qurilgan bino va inşootlarga (126 mingdan ortiq);

4) 2021 yil 8 iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (şahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengaşi tomonidan tasdiqlanmagan yer uçastkalariga;

(“Mahalliy davlat hokimiyati töğrisida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq (15.09.2020 y. tahriri) viloyat, tuman, şahar hokimliklarining yer munosabatlari sohasidagi qarorlari Xalq deputatlari tegişli Kengaşi tomonidan tasdiqlanişi nazarda tutilgan.

5) boğdorçilik va uzumçilik şirkatlari (“BUŞ”) hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer uçastkasiga (730 ta BUŞda 7,5 mingdan ortiq);

6) kiçik sanoat zonalari hududiga 2020 yil 9 martga (Nizom qabul qilinguniga) qadar joylaştirilgan tadbirkorlarning yer uçastkasiga (500 dan ortiq);

7) davlat orderi bilan xususiylaştirilgan binolar va uylar egallagan yer uçastkasiga;

8) hokim qarori bilan mulk huquqi e’tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uçastkasiga.

Bunda, ijara muddati yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uçastkalari uçun töqson töqqiz yil, boşqa yer uçastkalari uçun qirq töqqiz yil etib belgilanmoqda.

Huquqlarni e’tirof etişning asosiy şartlari sifatida quyidagilar belgilanmoqda:

1) yer uçastkasi boşqa şaxsga ajratilmaganligi yoki auksionga çiqarilmaganligi;

2) yer uçastkasidan foydalanişda nizo mavjud emasligi;

3) yer va mol-mulk soliği böyiça qarzdorlik mavjud emasligi;

4) muhofaza zonasida, suğoriladigan yerda joylaşmaganligi;

5) har bir kategoriyaga xos boşqa şartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, şirkat a’zosi hisoblanişi va boşqalar).

– yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgaça e’tirof etiladi:

1) 1998 yil 1 iyulga qadar egallangan bölsa – 0,24 gektargaça;

2) 1998 yil 1 iyuldan 2018 yil 1 may kuniga qadar egallangan bölsa – Toşkent, Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oşmagan hajmda.

Uşbu hajmdan ortiqça yerlar, agar nizo bölmasa, dehqon xöjaligi yoki tomorqa xöjaligi yuritiş uçun rasmiylaştirib beriladi.

Huquqlarni e’tirof etganlik uçun quyidagi miqdorlarda bir martalik tölov undirilişi qayd etilmoqda:

1) Toşkent şahrida – BHMning 5 baravari (1,7 mln söm);

2) Nukus şahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari (1,02 mln söm);

3) viloyatlar böysunuvidagi boşqa şaharlarda – BHMning 2 baravari (680 ming söm);

4) boşqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari (340 ming söm);

5) Qolgan hollarda esa (hujjatda körsatilganidan ortiqça egallangan yerlar, tijorat maqsadlari uçun ajratilgan yerlarda), bir martalik tölov tegişli hududdagi örtaça auksion bahosi miqdorida tölanadi (örtaça auksion bahosi tumanlar va mahallalar kesimida Davaktiv agentligi tomonidan har olti oyda e’lon qilinadi).

Bunda, I va II guruh nogironlari, oldingi “aksiya” vaqtida yiğim tölagan şaxslar tölovdan ozod qilinadi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan şaxslarga 50 foiz çegirma beriladi.

(bir martalik tölovlardan Kadastr agentligi, Adliya vazirligi, “Özbekkosmos” agentligining xarajatlari qoplanadi. Qolgan mablağlar köçmas mulk joylaşgan hududdagi infratuzilmani taşabbusli budjetlaştiriş tadbirlariga yönaltiriladi)

Şuningdek, köçmas mulkka bölgan huquqlar e’tirof etilgan taqdirda, şaxslar Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod etilişi belgilanmoqda.

Yer uçastkasiga bölgan ijara huquqi e’tirof etilişi uşbu yer uçastkasi qonunçilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining yerlari yoki sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boşqa maqsadlarga möljallangan yerlar toifalariga ötkazilişiga asos böladi.

Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uçastkasining toifasi özgarişi munosabati bilan fuqarolardan qişloq xöjaligi va örmon xöjaligi işlab çiqarişi nobudgarçiliklarining örnini qoplaş böyiça tölovlar undirilmaydi.

Xalq deputatlari tuman Kengaşi qarori bilan har bir mahallada jamoatçilik guruhlari taşkil etiladi.

Jamoatçilik guruhiga mahalla joylaşgan okrugdan saylangan tuman Kengaşi deputati (guruh rahbari), mahalla raisi (örinbosar), har 100 nafar oiladan kamida 1 nafardan faol fuqarolar kiritiladi.

Vazifalari: aholi örtasida tuşuntiriş işlari olib boriş, ma’lumotlar töğriligini kuzatib boriş, xalq deputatlari viloyat Kengaşlari qarorlari loyihalarining muhokamasida iştirok etiş hisoblanadi.

Prokuratura, içki işlar, qişloq xöjaligi, ekologiya va kadastr organlari Qonunni amalga oşirişda davlat nazoratini örnatadi.

Loyihaning qabul qilinişi fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining özboşimçalik bilan egallangan yer uçastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan uy-joy, boşqa bino va inşoot yoki köçmas mulk obektlariga nisbatan mulk huquqi rasmiylaştilişi uçun huquqiy asoslar yaratilişiga xizmat qiladi.

Şuningdek, aholining ijtimoiy (propiska, moddiy yordam, maktab, boğça) hamda bino va inşootlarni kommunal tarmoqlarga ulaş böyiça yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilişiga imkon beradi.