Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Germaniya o‘zaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirishni muhokama qildi
Foto: UzReport
2018 yilning 26 iyul kuni Berlin shahrida O‘zbekiston va Germaniya tashqi ishlar vazirliklari yuridik xizmatlari vakillari maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Germaniya delegatsiyasiga TIV Xalqaro huquq departamenti direktori Gvido Xildner boshchilik qildi.
Uchrashuvda kerakli huquqiy asosni shakllantirish orqali tartibga solishni talab etadigan hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi. siyosiy hamkorlikni mustahkamlash, transport va turizmni rivojlantirish, ta'lim va atrof muhitni himoya qilish sohalaridagi aloqalarni faollashtirishga doir tegishli shartnomalarni tuzish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Ikki davlat o‘rtasida yaratilgan mustahkam shartnomaviy-huquqiy asos mavjudligini inobatga olgan holda, tomonlar imzolangan hujjatlarni inventarizatsiya qilish va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish zarurligi bo‘yicha bir to‘xtamga keldilar.
Mavzuga oid
23:38 / 22.04.2026
Germaniya harbiy strategiyani qabul qildi va Rossiyani asosiy tahdid deb atadi
18:52 / 21.04.2026
Rossiya Qozog‘iston neftini Yevropaga yetkazib berishni to‘xtatadi
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
10:13 / 08.04.2026