Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki O‘zbekistonga qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida texnik ko‘mak ko‘rsatadi
2018 yil 27 iyul kuni iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi.
Vazirlikdan Kun.uz’ga xabar berishlaricha, uchrashuvda sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Ma'lumki, O‘zbekistonda «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) tomonidan unga 200 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan
Bugungi kunda Iqtisodiyot vazirligi ushbu loyihaning uchinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha prezident qarori loyihasini tayyorladi va joriy yilning avgust oyi oxirigacha uni moliyalashtirishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Tadbir ishtirokchilari ushbu masalalarni muhokama qildilar.
Bundan tashqari, Jahon banki texnik ko‘mak ko‘rsatish guruhini ishlab chiqarish quvvatini kam xarajatlar bilan kengaytirish, elektroenergetika sohasida institutsional islohotlarni amalga oshirish (tarmoqni qayta tuzish) bo‘yicha rejani tasdiqlash uchun jalb qilish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi.
Muzokaralardagi yana bir muhim masalaga Jahon banki guruhining qayta tiklanadigan energetika sohasida texnik yordam ko‘rsatishidir.
Ushbu texnik ko‘mak hukumatning qayta tiklanadigan energiya manbalarini siyosat, normativ va institutsional baza choralarini aniqlash yo‘li bilan tatbiq etishni kengaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
11:46
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
11:25 / 24.03.2026
Jahon banki Surxondaryoda yo‘l qurishga 200 mln dollar ajratadi
10:09 / 24.02.2026