Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» Toshkent derbisida g‘alaba qozondi
Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Bugun, 29 iyul sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 19-tur uchrashuvlari davom ettirildi.
Turning markaziy o‘yinlaridan biri Toshkentda bo‘lib o‘tdi. «Lokomotiv» «Bunyodkor»ni o‘z maydonida qabul qildi.
Toshkent derbisi maqomidagi ushbu uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinda dastlab «Bunyodkor» hisobni ochgandi - 31-daqiqada Xurshid G‘iyosov jamoasini oldinga boshladi. Ammo bo‘lim yakunlanishi arafasida Sardor Mirzayev hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Anzur Ismoilov va Sardor Rashidov bittadan gol urib, «temiryo‘lchilar» jamoasi g‘alabasini ta'minladi.
Endilikda turnir jadvalida «Lokomotiv» 35 ochko bilan uchinchi o‘rinda, «Bunyodkor» esa 36 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.
Superliga, 19-tur
29 iyul, yakshanba
«Lokomotiv» — «Bunyodkor» 3:1
Gollar: Sardor Mirzayev (45+1), Anzur Ismoilov (70), Sardor Rashidov (90+1), – Xurshid G‘iyosov (33).
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Sadriddin Abdullayev, Marat Bikmayev (Azizbek Amonov, 88), Timurxo‘ja Abduholiqov (Sardor Rashidov, 66), Sardor Mirzayev, Islom To‘xtaxo‘jayev, Sanjar Shoahmedov, Shuhrat Muhammadiyev ( Ikrom Aliboyev, 75), Oleg Zoteyev, Anzur Ismoilov.
«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov, Rustamjon Ashurmatov, Akramjon Komilov, Dilshod Jo‘rayev, Murodjon Toshmatov, Sardor Sobirxo‘jayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Xurshid G‘iyosov, Mirjamol Qosimov (Mirjahon Mirahmadov, 70), Azizbek Haydarov (Abdulla Abdullayev, 77), Filipp Rayyevats (Shahzodbek Nurmatov, 59).
Ogohlantirishlar: Mirg‘iyos Sulaymonov (23), Sadriddin Abdullayev (38), Rustam Ashurmatov (83).
Mavzuga oid
16:40 / 16.10.2025
Sadriddin Hasanov dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoriga kirdi
14:18 / 23.09.2025
«Bunyodkor» klubi murabbiyi vafot etdi
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
08:00 / 09.09.2024