Jahon | 11:20 / 29.07.2018
10172
1 daqiqa o‘qiladi

Suv toshqinlari va jazirama ortidan tayfun. Yaponiyada 100 mingdan ortiq uy elektr ta'minotidan uzildi

© AFP 2018

Bugun, 29 iyul kuni Yaponiya g‘arbida «Jondari» tayfuni yaqindagina ko‘chki va suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan hududlarga yetib keldi.

Yaponiya matbuot xabar berishicha, tayfun oqibatida kamida 16 kishi jarohatlandi, minglab kishilar evakuatsiya qilindi, o‘n minglab uylar elektrsiz qoldi.

NHK telekanalining ma'lum qilishicha, odamlar kuchli shamol yoki binolarning oynalari sinishi sababli jarohatlanishgan. Kiotoda kuchli shamol natijasida yong‘in 12ta binoga tutashgan.

Noqulay ob-havo sharoiti sababli 160ga yaqin ichki reyslar bekor qilingan. Mie prefekturasida 78,3 ming, Aitida — 40,8 ming va Sidzuoke prefekturasida 17 ming uy elektrsiz qoldi.

Mahalliy hokimiyat aholini yangi ko‘chkilar yuz berishidan ogohlantirmoqda.

Avvalroq Yaponiya g‘arbida ko‘chki va suv toshqinlari oqibatida 219 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi bedarak yo‘qolgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid