Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekenergo» yosh kadrlarni ishga qabul qilmoqda
28 iyul kuni «O‘zbekenergo» AJ tarkibiga kiruvchi korxonalardagi mavjud ish o‘rinlarini malakali yoshlar bilan to‘ldirish hamda ularni mutaxassisligiga mos yo‘naltirish maqsadida Respublika miqyosida «O‘zbekenergo» AJ yoshlarni ishga taklif etadi» vakant ish o‘rinlari yarmarkasi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Jamiyat Axborot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
«O‘zbekenergo» AJ Boshqaruv raisining tashabbusi bilan mustaqil hayot ostonasida turgan yoshlarni ish bilan ta'minlash maqsadida tashkillashtirilgan mazkur yarmarkada «O‘zbekenergo» AJ tizimiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan mingdan ortiq vakant ish joylari bilan qatnashishdi.
Korxonalar yoshlarga yaratilgan sharoitlar, bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish mexanizmlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazishdi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, o‘tkazilayotgan mazkur yarmarkada nomzodlar shu yerning o‘zida ish beruvchilar tomonidan suhbatdan o‘tkazilib, ishga qabul qilishga tavsiya etiladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tganlar barcha hujjatlarni taqdim etganlaridan so‘ng ma'lum muddatda ishga qabul qilinganligi to‘g‘risida ma'lumot beriladi.
Ayni damda mazkur yarmarkada respublika bo‘yicha mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga 1500 dan ortiq nomzodlardan ariza kelib tushdi. Murojaatlar tez kunda o‘rganilib mavjud barcha ish o‘rinlariga yosh mutaxassislar qabul qilinadi.
Mavzuga oid
09:40 / 31.10.2024
Toshkentda "Ipak yo‘lida turizm" xalqaro sayyohlik yarmarkasi o‘tkaziladi
07:50 / 16.03.2024
Toshkentdagi 11 ta bozorda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari ish boshladi
09:43 / 04.03.2024
«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» ichki turizm yarmarkasi tashkil etiladi
07:36 / 19.11.2022