Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston böylab sayohat qil!” içki turizm yarmarkasini taşkil etiş va ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq, 2024 yildan boşlab har yili “Özbekiston böylab sayohat qil!” içki turizm yarmarkasi:
mart va avgust oylarida – Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) va “tadbirkor bilan mijoz” (B2C) mexanizmlari asosida;
dekabr oyida – respublikada “tadbirkor bilan tadbirkor” (B2B) mexanizmlari asosida taşkil etiladi.
Belgilanişiça:
- yarmarka 2024 yilda Turizmni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan;
- 2025 yildan boşlab yarmarka iştirok etuvçi tadbirkorlik sub’yektlari mahalliy budjet va qonunçilik hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan ötkaziladi;
- yarmarka doirasida davlat buyurtmaçilariga xarid jarayoni oçiqligini ta’minlagan holda öz xodimlari uçun Özbekiston böylab sayohatlarni taşkil qiliş maqsadida eng yaxşi takliflarni tanlaş natijalariga köra turistik mahsulotlarni xarid qilişga ruxsat beriladi;
- yarmarka doirasida Turizm qömitasi tomonidan turizm sohasi sub’yektlarining faoliyatini namoyiş qiluvçi tayyorlanadigan tarğibot materiallar (foto, video va boşqalar) ijtimoiy axborotga tenglaştiriladi;
- 2025 yildan boşlab har yili 1 fevralga qadar Turizm qömitasi tomonidan yarmarkani taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq çora-tadbirlar dasturi işlab çiqiladi;
- 2025 yildan boşlab har yili 10 fevralga qadar Turizm qömitasi tomonidan Yarmarkani taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq çora-tadbirlar dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Turizm qömitasi:
- yarmarkalar ötkazilişidan kamida ikki hafta oldin tarğibot tadbirlarini taşkil qilişni;
- yarmarkalarga içki turizm yönalişida faoliyat yurituvçi turoperatorlar, dam oliş maskanlari, mehmonxonalar hamda transport taşkilotlarini iştirokini;
- yarmarkalarga iştirok etuvçi tadbirkorlarni röyxatini oldinda şakllantirişni;
- yarmarkalar yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlar va şartnomalarni röyxatga olişni hamda monitoringni olib borişni;

















