Xitoy naşrlari yozganidek, bu yil Toşkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi ilk bor CAEx (Central Asian Expo Uzbekistan) xalqaro körgazmalar markazida taşkil etiladi.
Ta’kidlanişiça, TXTYa eng yirik axborot tadbiri bölib, turizm mahsulotlarini tarğib qiliş va hamkorlik uçun işbilarmonlik aloqalari örnatişga yordam beradi. Sönggi öttiz yillikda TXTYa turizm sohasidagi eng qiziqarli tadbirlardan biri sifatida özini namoyon qildi va har yili "BMT Turizm" taşkiloti rasmiy kömagida ötkaziladigan Markaziy Osiyodagi eng yirik tadbir hisoblanadi.
Bu yil yarmarka butun dunyodan sayyohlik biznesi mutaxassislarini birlaştiradi va köp jihatdan yetakçi turizm hamda transport kompaniyalari, yirik mehmonxona tarmoqlari, diplomatik korpuslar, turizm sohasidagi ta’lim muassasalari, şuningdek, MICE turizm vakillari uçun foydali böladi.
Naşrlarda bu yil Xitoy Madaniyat va turizm vazirligi TXTYada milliy pavilon bilan iştirok etişi xabar qilingan. "Ularning "TXTYa-2024" körgazmasida iştirok etişi turizm va madaniyat sohasidagi xalqaro hamkorlikning ahamiyati ortib borayotganini ta’kidlaydi, şuningdek, Özbekiston va Xitoy örtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş uçun yangi imkoniyatlar oçadi", – deyilgan manbalarda.
Maqolalar yakunida "Özbekistonda sönggi yillarda turizm sohasida amalga oşirilgan islohotlar mamlakatga yirik kompaniyalarni jalb qiliş, sayyohlar sonini köpaytiriş, şuningdek, turistik xizmatlarning barça turlariga talabni oşirişga xizmat qildi", – deb yozgan Xitoy OAV.













