Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada bemorlarni hayotni saqlab turish tizimidan sud hukmisiz uzib qo‘yishga ruxsat berildi
Buyuk Britaniya oliy sudi o‘zgarishsiz holatda bo‘lgan bemorlarni hayotni saqlab turish tizimidan sud hukmisiz uzib qo‘yishga ruxsat berdi. Sud bu inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasiga zid kelmaydi deb topdi.
Endi tuzalmas bemorlar hayotini saqlab turishni to‘xtatish uchun bemorning qarindoshi va kasalxona o‘rtasida kelishuv bo‘lsa kifoya — avvallari bunday bemorlarni faol davolashni to‘xtatish mumkin bo‘lib, ularning hayotini ta'minlash tizimini o‘chirib qo‘yish uchun sud ruxsati kerak bo‘lardi.
«Bi-bi-si»ning qayd etishicha, sudlar bunga ruxsat berib kelgan, ammo sud ishlari oylab, hatto yillab davom etib kelgan.
Hozirda Buyuk Britaniyada vegetativ yoki hushyor komada yotgan 24 ming bemor bor.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026