Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya sohillarida iyulda o‘n mingga yaqin muhojir qutqarildi
Foto: Alexandro Martinez Velez
Iyul oyida Ispaniya sohillarida qariyb 10 ming muhojir qutqarib qolindi, deb xabar berdi RIA Novosti dengiz qutqaruv xizmati vakiliga tayanib.
1 iyuldan 30 iyulga qadar qutqaruvchilar 8 756 muhojirni qutqarishgan, yana 1 004 nafari Marokash va Ispaniya qutqaruv xizmatlarining hamkorlikdagi operatsiyalari davomida qutqarib qolingan.
Aprelda qutqaruv xizmati dengizda 1 097 kishini qutqargan bo‘lsa, bu raqam mayda 3318, iyunda 6 397 kishiga yetdi – bu ma'lumotlarga Marokash tomoni qutqargan muhojirlar soni kiritilmagan.
Birgina 27 iyul kuni dengizda 57 ta qayiq – jami 1242 muhojir aniqlandi.
Yil boshidan beri qutqaruv xizmati dengizda 22 091, Marokash tomoni 3 825 muhojirni aniqlagan, 46 kishi halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.
Agar 2017 yil davomida Ispaniyaga dengiz orqali 22,4 mingdan ortiq muhojir kelgan bo‘lsa, shu yilning yanvaridan iyuliga qadar 21 ming kishi, iyul boshidan buyon esa 5916 kishi kelgan, deyiladi Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotida.
Mavzuga oid
13:49 / 31.03.2026
Ispaniya Erondagi urushda ishtirok etayotgan samolyotlar uchun osmonini yopdi
16:05 / 21.03.2026
Ispaniya yonilg‘iga QQSni deyarli ikki barobarga kamaytiradi
21:36 / 19.03.2026
2026 yilda dunyodagi eng go‘zal joylar e’lon qilindi
15:44 / 19.03.2026