Mahalliy darajadagi deputatlar sudlar raislarining axborotini eshitadilar

Foto: Norma.uz
«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida» va «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunlarga ana shunday tuzatishlar kiritildi.
Tuzatishlarga ko‘ra, sudlar raislari 1 yilda kamida 1 marta tegishli darajadagi vakillik organlariga sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini hamda yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotni yuborishlari shart, deb yozadi Norma.
Mazkur axborot quyidagicha taqdim etiladi:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi tomonidan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga;
• viloyat sudi raisi tomonidan – xalq deputatlari tegishli viloyat Kengashiga;
• Toshkent shahar sudi raisi tomonidan – xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga;
• tumanlararo, tuman (shahar) sudi raisi tomonidan – xalq deputatlari tegishli tuman (shahar) Kengashiga.
.
Xalq deputatlari Kengashlari sudyalar taqdim etgan axborotni tinglab, mazkur masala yuzasidan o‘z qarorlarini Sudyalar oliy kengashiga yuboradilar.
Eslatib o‘tamiz, Sudyalar oliy kengashi 2017 yilda mamlakatda sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta'minlashga ko‘maklashish maqsadida sudyalar hamjamiyati organi sifatida tashkil etilgan. Uning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
• sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish;
• davlat rahbariga viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari vakolatlarini muddatidan avval bekor qilish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritish;
• Jo‘qorg‘i Kengesga Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari sudyalari vakolatlarini muddatidan avval bekor qilish to‘g‘risida xulosalar kiritish;
• Prezident bilan kelishgan holda viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va sudyalarini lavozimdan ozod etish.
Shu bilan bir qatorda, viloyat, tuman va shahar darajasidagi sudyalar har oyda joylarda aholi bilan uchrashishlari, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati to‘g‘risida OAV orqali xabardor qilib borishlari shart.
Qonun 24.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbul aeroportida tanasiga oltinni yashirgan holda kirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
Jahon | 19:10
-
Toshkent va Samarqand vokzallarida infokioskalar ish boshladi
O‘zbekiston | 19:00
-
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi
Jahon | 18:55
-
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi
Jahon | 17:37
Mavzuga oid

09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi

10:36 / 15.05.2025
Rossiya sudlari bazasidan kiberhujumdan keyin 89 mln ish yo‘qolib qoldi

19:33 / 14.05.2025
Britaniyada 38 yil qamoqda nohaq o‘tirgan erkak oqlandi

17:15 / 08.05.2025