Majburiy sug‘urta qilish shartnomasining muddatiga o‘zgartish kiritildi
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining muddat o‘zgartiriladi, deb yozmoqda O‘zA.
Prezident tomonidan 2018 yil 26 iyulda imzolangan “Iqtisodiyotning jadal rivojlanishini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, endilikda yo‘lovchilarni va ularning mol-mulkini avtomobilda tashishni amalga oshiruvchi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi uch oydan bir yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilishi mumkin.
Ushbu o‘zgartirish shu yilning 28 oktabridan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi kunda tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasi bir yil muddatga tuzilishi lozim.
Mavzuga oid
16:12 / 08.10.2024
Toshkentda tadbirkorga shartnoma tuzib berishini aytib 50 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
07:31 / 14.09.2024
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida madaniy boyliklarni asrashga doir shartnoma tasdiqlandi
18:16 / 04.03.2024
Sug‘urta polisini faqat qog‘oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi
14:25 / 24.01.2024