Jamiyat | 01:49 / 30.07.2018
13082
3 daqiqa o‘qiladi

Musofir yurtda jarrohlik amaliyotini kutayotgan Javlonbekka yordamingiz zarur

KUN.UZ» tahririyatiga Andijon viloyati, Asaka shahri, Amir Temur MFY, Najmiddin Kubro ko‘chasi, 35 uy, 7 xonadonda istiqomat qiluvchi Mahfuzaxon Sayfuddinova murojaat qildi.

Oilaning boshiga og‘ir musibat tushibdi. Mahfuzaxon opaning farzandi Javlonbek Odilov o‘tgan yili Janubiy Koreyaning Iskan shahridagi «Wongkwang Hospitan» universitetiga kirib, tahsil olishni boshlaydi. Til o‘rganishga kirishgan Javlonbekning boshida qattiq og‘riq boshlanib, o‘sha yurtdagi tibbiyot muassasasiga borganida uning bosh miyasida saraton kasalligi aniqlanadi.

Oila bor-budini sarflab, Javlonbekni 31 may kuni Seuldagi «Younsey» klinikasida operatsiya qildiradi. Ilk operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan, bosh miyadagi o‘sma atrofi tozalangan. Endi Javlonbekni - ikkinchi yana bir murakkab operatsiya kutib turibdi.

 Ikkinchi jarrohlik amaliyoti uchun 35 ming AQSh dollari atrofida mablag‘ zarur.

«Bugun yashab turgan uyimizni 10 ming dollarga sotdik. Farzandimiz uchun mablag‘ to‘plash harakatidamiz. Ikkinchi asosiy operatsiya mablag‘ yetarli bo‘lmagani uchun 13 iyuldan 8  avgustga qoldirildi. Ko‘zimning oqu-qorasi bo‘lgan o‘g‘lim shifo topishi uchun pul yo‘qligi sabab, juda tushkun holatdamiz. Yurtimizdagi ehsonli kishilardan umid bilan yordam so‘raymiz», deydi bemor yigitning onasi.

Ayni paytda Seuldagi klinikada Javlonbekka bilim dargohida birga ta'lim olayotgan do‘stlari qarab turishibdi. Yigitning ahvoli qoniqarli.

Yashash joyini farzandi sog‘lig‘i uchun sotgan onani «Bosh omon bo‘lsa, do‘ppi topiladi» deya yupatgan bo‘ldik. 

Musofir yurtda ko‘zi to‘rt bo‘lganicha yaqinlaridan yaxshi yangilik kutayotgan yurtdoshimizga ko‘mak berish istagidagilar uchun quyidagi xayriya manzillarini havola qilamiz: 

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar: plastik karta orqali: (Click. Payme)

Odilov Ravshanbek (ukasi)
Agrobank – 8600 0417 5537 9873

Xorijdan saxovat ko‘rsatishni istaganlar uchun:

Ravshanbek Odilov
VISA CARD – 4187 8200 0009 0926

Pul o‘tkazish yo‘li bilan:

Agrobank
Hisob raqami:  2312 0000 9000 0003 3001
INN: 200 283 814
MFO: 00033 
Ravshanbek Odilov
Tel: +998 94 435 01 34

Koreyadagi hisob raqami

Nonghyup bank (Janubiy Koreya)
Hisob raqami: 356 107 770 5553 Yunusov Ne'matillo 
Murojaat uchun telefon: 010 3457 5881

Mavzuga oid