Toşkent viloyati IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi ma’lum qilişiça, Buxoro viloyatida yaşovçi, 2004 yilda tuğilgan şaxs (M.D.) Instagram ijtimoiy tarmoğida bemor bolalar nomidan joylaştirilgan ehson videolarini yuklab olib, ularni qayta işlab, montaj qilgan.

Qayd etilişiça, gumonlanuvçi asl videolardagi bank karta raqamlarini özgartirib, örniga boşqa karta ma’lumotlarini joylaştirgan. Şu yöl bilan fuqarolar tomonidan ehson maqsadida yuborilgan pul mablağlari uning qöliga tuşgan va özlaştirib kelingan.

Dastlabki suriştiruvlarga köra, uşbu şaxs 2025 yil oktabr oyidan foş etilgunga qadar onasiga tegişli bank kartasiga qariyb 2 ming tranzaksiya orqali jami 161 million söm mablağni tuşirgan hamda uni şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.