21 avgust kuni imzolangan qonun bilan, ayrim qonun hujjatlariga qöşimça va özgartirişlar kiritildi.

Homiylik xayriyalari

Qonun bilan homiylik xayriyalarini yiğiş tartibini buziş fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – 5 baravaridan 7 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi belgilandi.

Homiylik xayriyalarini yiğiş tartibi quyidagiça:

  • homiylik xayriyalarini yiğiş muayyan homiylik oluvçilarning manfaatlarini közlab, oldindan e’lon qilingan muddat davomida amalga oşiriladi;
  • homiylik taşkilotlari tomonidan homiylik xayriyalarini naqd pul şaklida yiğiş faqat xayriya qutisi yordamida amalga oşiriladi, bundan naqd pul şaklidagi homiylik xayriyalarini ularning bank hisobvaraqlariga qonunçilikda belgilangan tartibda ötkaziş hollari mustasno;
  • xayriya qutisi şaffof bölişi va uni oçiş joyi tegişli belgilangan şaxslar şaxs tomonidan imzolangan hamda muhrlangan qoğozli plomba yoki raqamlangan plomba bilan plombalangan bölişi şart.

NNTlar va jamoatçilik nazorati

Davlat organlarining mansabdor şaxslari tomonidan nodavlat notijorat taşkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşiş – BHMning 7 baravaridan 10 baravarigaça jarima solişga sabab bölişi belgilandi.

Nodavlat notijorat taşkilotlari (bundan diniy taşkilotlar mustasno), şuningdek ularning vakolatxona va filiallarining davlat röyxatidan ötmasdan faoliyat yuritişi BHMning 10 baravaridan 25 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi belgilandi. Ilgari bu jarima miqdori BHMning 15 baravaridan 30 baravarigaça edi.

Jamoatçilik nazorati natijalariga köra, qonunçilikda nazarda tutilgan şakllarda jamoatçilik nazorati sub’yektlari tomonidan tayyorlangan yakuniy hujjatni körib çiqmaslik yoki körib çiqiş muddatini uzrli sabablarsiz buziş – mansabdor şaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça miqdorida jarima solişga sabab bölişi belgilandi.